Hindiston fazoga rekord sonda sunʼiy yoʻldosh yoʻlladi

Hindiston Image copyright AFP

Hindiston bir paytning oʻzida 104 ta sunʼiy yoʻldoshni koʻkka yoʻllash bilan Rossiyani ortda qoldirgan. 2014 yilda Rossiya shunday tarixiy amalga qoʻl urgan va bir urinishda 34 ta sunʼiy yoʻldoshni fazoga uchirgandi.

Ammo bugun fazoga yoʻllangan sunʼiy yoʻldoshlarning faqat uchtasi Hindistonga tegishlidir.

104 sunʼiy yoʻldoshdan 96 tasi Qoʻshma Shtatlar, qolganlari Isroil, Qozogʻiston, Birlashgan Arab Amirligi, Shveytsariya va Gollandiyaniki ekani xabar qilinadi.

Missiya Hindiston sharqidagi Shrixarikota fazo markazida amalga oshirilgan.

Kuzatuvchilar mazkur hodisa Hindiston koʻp milliardlik fazo bozoriga yirik oʻyinchi sifatida kirib kelayotgani alomati ekanini aytadilar.

"Bu har birimiz uchun ajoyib damlar. Bugun biz tarixni yozdik", deb aytgan Reuters axborot agentligiga gapirgan loyiha direktori.

Bosh vazir Narendra Modi oʻz Twitter sahifasida hammadan oldin tadqiqotchi olimlarni tabriklagan.

Chorshanba kuni tongidan Hindiston boʻylab Twitter sahifalari "jahon rekordi" jumlasi bilan toʻlgan.

BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber da: +44 78-58-86-00-02

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio

bbcuzbek.comga toʻsiq boʻlsa, uzbekweb.netga kiring