Shinjonda yana qon toʻkildi

Xarita

Xitoyning Shinjon mintaqasida 5 inson pichoqlab oʻldirilgan va yana 5 kishiga tan jarohati yetkazilgan.

Hodisa Pishan tumanida seshanba kuni yuz bergan.

Mahalliy hokimiyatning xabar qilishicha, politsiya hodisa joyiga zudlik bilan yetib borgan va pichoq ushlagan uch hujumchini otib oʻldirgan.

Hujum nima maqsadda amalga oshirilgani qorongʻu, ammo koʻpda hukumat bu kabi hodisalarda musulmon boʻlginchilarni ayblaydi.

Image copyright Getty Images
Image caption Shinjon aholisining koʻp qismi uygʻurlardir

Shinjon muxtor mintaqasi aholisining asosiy qismi musulmon uygʻurlardir.

Mintaqa uzoq yillardan beri beqarorliklarga sahna boʻlib keladi.

Inson haqlari tashkilotlariga koʻra, yuz berayotgan zoʻravonliklar barchasi hukumat tomonidan uygʻurlar madaniyati va dini qattiq bosim ostiga olingani tufaylidir. Xitoy hukumati esa, bu iddaolarni rad qiladi.

Pishan tumani hokimiyati vebsahifasida hujumchilar "kallakesarlar" sifatida taʼriflangan.

Bayonotda aytilishicha, hodisa joyidagi vaziyat hozir nazorat ostida va "tekshiruv ishlari boshlab yuborilgan".

BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber da: +44 78-58-86-00-02

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio

bbcuzbek.comga toʻsiq boʻlsa, uzbekweb.netga kiring