"Shavkat Mirziyoyev Rossiyaga boradi"

6 sentyabr kuni Samarqandga tashrif buyurgan Putin marhum Islom Karimov qabriga gul qoʻygan va Bosh vazir Mirziyoyev bilan muloqot oʻtkazgandi Image copyright Reuters
Image caption 6 sentyabr kuni Samarqandga tashrif buyurgan Putin marhum Islom Karimov qabriga gul qoʻygan va Bosh vazir Mirziyoyev bilan muloqot oʻtkazgandi

Oʻzbekistondan kelayotgan xabarlarga koʻra, Prezident Shavkat Mirziyoyev aprel oyi Rossiyaga rasmiy safar qilishi kutilmoqda.

Podrobno.uz nashrining hukumat manbasiga tayanib yozishicha, tashrif chogʻi ikkitomonlama strategik hamkorlik va uning kelajagiga oid masalalar muhokama qilinadi.

Baʼzi xabarlarda Oʻzbekiston Prezidenti Rossiya parlamentida chiqishi ham moʻljallangani aytiladi.

Ayni paytda Toshkentda boʻlib turgan Rossiya delegatsiyasi ham Mirziyovning rasmiy safari aprel boshlarida boʻlib oʻtishi haqida maʼlum qilgan.

Maʼlumotlarga koʻra, davlat rahbarining Rossiya safariga tayyorgarliklar allaqachon boshlab yuborilgan.

Rossiya Davlat Dumasining MDH ishlari boʻyicha qoʻmitasi rahbari Leonid Kalashnikov "Izvestiya" gazetasiga bergan intervyusida birinchi tashrif shunchaki ramziy xarakterga ega boʻlmasligi, balki davlatlararo aloqalar rivoji ustuvorligini taʼminlashi haqida aytgandi.

Oldinroq, Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozogʻistonga safar qilishi haqida ham xabar qilingandi.

Ayni paytda Shavkat Mirziyoyev Turkmanistonning qayta saylangan Prezidenti Gurbanguli Berdimuhammedovni saylovdagi gʻalabasi bilan tabriklagan hamda telefon suhbati chogʻi turkman rahbari uni mamlakatiga taklif qilgan.

BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber da: +44 78-58-86-00-02

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio

bbcuzbek.comga toʻsiq boʻlsa, uzbekweb.netga kiring