"VIChni oldini olish uchun xatnadan voz kechmang"

Qora Afrika mamlakatlarida erkaklarni yoppasiga sunnat qilidirish kampaniyasi bir necha yildan beri olib boriladi Image copyright courtesy
Image caption Qora Afrika mamlakatlarida erkaklarni yoppasiga sunnat qilidirish kampaniyasi bir necha yildan beri olib boriladi

Hisob-kitoblarga koʻra, 1.4 erkakni sunnat qilish bilan Tanzaniyaning oʻzida 65000 dan 200000 gacha insonni VIChga chalinishdan asrab qolish mumkin ekan.

The Lancet jurnalining yozishicha, din arboblarini bu ishga aralashtirish bilan muammo yechimi osonlashishi mumkin.

Tadqiqot mualliflariga koʻra, cherkov rahbarlariga xatna qildirish VICh yuqishini oldini olishi yuzasidan kerakli maʼlumot berish va tushuntirish ishlari olib borishlari uchun ularni jamoalar ichiga yoʻllash lozim.

Aytilishicha, bu tajriba Tanzaniyada qoʻllanilgan va natijada, sunnat qildirilayotgan erkaklar soni ortgan.

Maqola mualliflariga koʻra, aynan din arboblarining aralashuvi Qora Afrika davlatlaridagi xatna qildirish dasturlari bir qismi boʻlishi kerak. Cherkov rahbarlari jamoalar orasiga kirib, salomatlikni saqlash yoʻlida qanday harakat qilish lozimligiga oid targʻibotlarni yoʻlga qoʻyishlari zarur.

2009 yil salomatlik masalalarini tahlil qiluvchi Cochrane markazi erkaklarni xatna qildirish orqali OITS, yaʼni SPID xavfini 38-66% kamaytirish mumkin deb topgandi.

Natijada, Jahon Sogʻliqni Saqlash Tashkiloti VICh epidemiyasi tarqalgan mamlakatlarda xatna qildirish dasturlari yoʻlga qoʻyilishini tavsiya qilgan.

Image copyright Courtesy
Image caption Jahon Sogʻliqni Saqlash Tashkilotiga koʻra, xatna qilingan erkaklarga VICh virusi yuqishi 60% kamayadi

2011 yildan 2016 yilga qadar Qora Afrikaning 14 davlatida 20.8 million erkakni yoppasiga sunnat qildirish rejalangan, ammo 2015 yilga qadar bor-yoʻgʻi 10 million kishi xatna qilingan.

Soʻnggi tadqiqot mualliflariga koʻra, bu xatnani diniy nuqtai nazardan notoʻgʻri anglash sabab boʻlgan boʻlishi mumkin. Masalan, ayrimlar sunnat qildirish nasroniylar dinini oʻzgartirishga urinish sifatida koʻrishadi.

Tadqiqotchilar aynan mana shu sabablar bois din arboblarining aralashuvi ishni osonlashtirishiga ishonmoqdalar.

Ular qishloq joylariga borib, jamoalar oʻrtasida kerakli maʼlumotlarni berishadi, xatna qildirishga oid shubha-gumonlarni tarqatishga yordam beradilar.

BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber da: +44 78-58-86-00-02

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio

bbcuzbek.comga toʻsiq boʻlsa, uzbekweb.netga kiring