"Chorsu"dagi 50 ga yaqin doʻkonlar buzilmoqda

"Chorsu" Image copyright Social Media

Toshkent shahar hokimiyati "Chorsu" bozoridagi 50 ga yaqin xususiy doʻkon va oshxonalarni buzishga kirishgan.

Hokimiyat mulozimining BBCga aytishicha, "Koʻkaldosh" madrasasi biqinidagi doʻkonlar bozorni qayta taʼmirlash rejasiga muvofiq buzilmoqda.

Shahar hokimiyati tomonidan 2016 yil boshida maʼqullangan rejaga koʻra, buzilayotgan tijoriy inshootlar oʻrnida koʻp qavatli yangi, zamonaviy savdo rastalari qad koʻtaradi.

Hokimiyat vakilining BBCga aytishicha, buzilayotgan hududdagi xususiy doʻkon va oshxonalar egalari rekonstruktsiya rejasidan oʻtgan yili ogohlantirilgan va ularga tovon taklif etilgan.

"Kimdir yangi joy, kimdir pul olayapti. Hammaga avvaldan aytilgan", - deb aytdi shahar hokimiyati vakili.

Uning soʻzlariga koʻra, taʼmirlash ishlari 12 - sonli davlat qurilish tresti tomonidan amalga oshirilmoqda va loyihani shu yil avgustida tugallash rejalangan.

Image copyright Social Media

Poytaxt markazidagi qadimiy "Eski Joʻva" bozoridagi doʻkonlarning buzilishi ijtimoiy tarmoqlarda faol muhokamalarga sabab boʻlgan.

Ayrimlar doʻkonlarning buzilishi natijasida odamlarning ishsiz qolishidan tashvish izhor qilishgan boʻlsa, boshqalar "Chorsu"ning oʻziga xos sharqona qiyofasi yoʻqolib borayotganidan xavotirga tushganlar.

"Sayyohlar zamonaviy doʻkonlarni emas, sharqona rastalarni koʻrgani kelishadi", deb yozgan Facebook foydalanuvchilaridan biri.

Aynan shu hududda qadimiy hunarmandchilik namunalari bilan savdo qilib kelgan doʻkonlar ham bor edi.

Yana baʼzi foydalanuvchilar shahar hokimiyati poytaxt aholisining fikrini soʻramaganidan gʻazabga kelishgan.

Oʻtgan yillarda Toshkentning qator yirik bozorlari, jumaladan, sayyohlar orasida mashhur "Oloy" bozori qayta taʼmirlangan.

Bozorlarning rekonstruktsiya qilinishidan koʻpincha mahalliy tadbirkorlarning zarar koʻrishi aytiladi.

BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber da: +44 78-58-86-00-02

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio

bbcuzbek.comga toʻsiq boʻlsa, uzbekweb.netga kiring