Tramp yana josuslik xizmati va matbuotdan gʻazabda

Tramp Image copyright Getty Images

Prezident Donald Tramp oʻz jamoasi aʼzolari va Rossiya oʻrtasidagi muloqotlarga oid xabarlar bois AQSh josuslik xizmati va matbuotni qattiq tanqid qilgan.

Prezident Tramp Milliy Xavfsizlik Agentligi va Federal Qidiruv Byurosini maʼlumotlarni noqonuniy berishda ayblagan.

Qoʻshma Shtatlar ayrim matbuot vositalari saylov targʻibotlari jarayonida Trampning yordamchilari Rossiya rasmiylari bilan muntazam aloqada boʻlib turganlari haqida yozgandi.

Avvalroq, josuslik xizmati rasmiylari Rossiya Donald Tramp foydasi uchun saylovga taʼsir oʻtkazishga uringani haqida gapirishgandi.

Moskva ushbu daʼvolarni rad qilgan va ularni asossiz deya taʼriflagan.

Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov Trampning yordamchilari bilan aloqaga chiqilgani haqidagi oxirgi xabarlar "hech bir faktga" asoslanmaganini aytgan.

Bundan oldin, AQSh Prezidentining milliy xavfsizlik boʻyicha maslahatchisi Maykl Flinn isteʼfoga chiqqan.

U Rossiya elchisi Sergey Kislyak bilan dekabr oyi oxirida aloqaga chiqqanligi haqidagi axborotni toʻliq bermaganligini tan olgandi.

BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber da: +44 78-58-86-00-02

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio

bbcuzbek.comga toʻsiq boʻlsa, uzbekweb.netga kiring