Tramp Falastin davlati gʻoyasidan voz kechmoqdami?

Netanyahu yonida turib jurnalistlarga gapirgan Tramp "ajoyib" tinchlik bitimini yetkazib berishini aytdi Image copyright Alex Wong/Getty images
Image caption Netanyahu yonida turib jurnalistlarga gapirgan Tramp "ajoyib" tinchlik bitimini yetkazib berishini aytdi

BMT bosh kotibi Antonio Guterres Donald Trampni Isroil-Falastin mojarosiga ikki davlatli yechim topish gʻoyasini rad qilmaslikka chaqirdi. Uning aytishicha, "boshqa muqobil yechim yoʻq".

Avvalroq Vashingtonda Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyahuni qabul qilgan janob Tramp oʻn yillar osha kuchda boʻlgan AQSh siyosatiga zid ravishda "tinchlikka yetaklaydigan har qanday formula"ni qoʻllab-quvvatlashini aytdi.

Bu bayonot falastinliklar orasida xavotirlarni uygʻotdi. Ularga koʻra, Tramp Falastin davlatchiligiga boʻlgan AQSh qoʻllab-quvvatlovidan voz kechyapti.

Isroil-Falastin tinchlik muzokaralari 2014 yilda izdan chiqqan.

Chorshanbada Netanyahu yonida turib jurnalistlarga gapirgan Tramp "ajoyib" tinchlik bitimini yetkazib berishini aytdi.

Ammo, dedi u, ikki tomon ham bir-biriga yon bosishi kerak.

Tramp, shuningdek, Netanyahuni "jamloqlar qurishni biroz toʻxtatib tur"ishga chaqirdi.

Ayni damda u oʻz kuyovi yahudiy ekanini ham eslatib qoʻydi.

Tramp oʻtgan oy prezidentlik lavozimiga kelganidan beri Isroil Gʻarbiy sohil va Sharqiy Quddusda yahudiylarning minglab yangi uylari qurilishiga ruxsat bergan.

Bu uylar qurilayotgan yerni falastinliklar kelgusi davlatlari uchun daʼvo qilishgan.

Ikki-davlatli yechim haqida soʻralganda, Netanyahu oʻz diqqatini "tamgʻalar"ga emas, balki "mazmun"ga qaratishni istashini aytdi.

Matbuot anjumani ortidan BMT bosh kotibi Antonio Guterres xalqaro hamjamiyatni ikki-davlatli yechimga erishish uchun qoʻlidan kelgan barcha ishni qilishga chaqirdi.

BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber da: +44 78-58-86-00-02

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio

bbcuzbek.comga toʻsiq boʻlsa, uzbekweb.netga kiring