64 yoshli ispan ayol egizak tugʻdi

Kasalxona egizak tugʻilgani aks etgan videoni chop qildi Image copyright Recoletas Hospital
Image caption Kasalxona egizak tugʻilgani aks etgan videoni chop qildi

Ispaniya shimolidagi Burgos shahrida 64 yoshli ayol sogʻlom egizak bola va qizaloqni tugʻdi.

Egizak Resoletas kasalxonasida kesarevo jarrohlik amaliyoti yoʻli bilan dunyoga kelganlar.

Kasalxona egizak tugʻilgani aks etgan videoni chop qildi.

Ispan matbuotiga koʻra, ismi-sharifi ochiqlanmayotgan ayol homilador boʻlish uchun AQShda maxsus tibbiy muolajadan oʻtgan.

Mazkur ayol 2012 yilda qiz tuqqan, ammo uning oilaviy sharoitlaridan xavotirga tushgan hukumat idorasi qizchani onasidan olib qoʻygan.

El Pais gazetasi yozishicha, qizaloq yakkalangan holda, yomon kiyimlarda va yuvinmay oʻsayotgandi.

Ayolning egizak farzandlariga endi nima boʻlishi hozircha nomaʼlum. U va farzandlarining sogʻligi yaxshi ekani aytiladi.

El Pais yozishicha, oxirgi yillarda 60 yoshidan oʻtgan ikki ispaniyalik ayol sogʻlom farzand tuqqanlar.

Oʻtgan yil aprelida 70 yoshidan oshgan hindistonlik Daljinder Kaur tibbiy muolaja ortidan oʻgʻil tuqqandi.

BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber da: +44 78-58-86-00-02

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio

bbcuzbek.comga toʻsiq boʻlsa, uzbekweb.netga kiring