Video - Markaziy Osiyo: Atom bombalari insonlar irsiyatini buzgan

Pokizod Kaleyeva
Image caption Pokizod kabi atom sinovlaridan keyin tugʻilgan yoshlarda ham turli gʻayritabiiy, bedavo kasalliklar paydo boʻlmoqda

Sovet Ittifoqi Qozogʻiston shimol-sharqida 456 marta atom bombasi portlatgan.

Yadroviy sinovlar yarim milliondan koʻproq inson irsiyatini buzgan.

Poligondan tayyorlangan maxsus videolavhamizni BBC Oʻzbek xizmati YouTube kanalida tomosha qiling.

Pakizat Kaleeva: (Jabrdiyda, Znamenka)

-Suyaklarim va jagʻim oʻsa boshladi. Tishlarim orasi kengaydi. Qoʻl-oyogʻim kattarib ketdi. Oldin oyoq kiyimim 37 edi, hozir 43 kiyaman. Jong tomirim yaqinida oʻsma bor. Jarrohlari uni olib tashlash xavfli deyishadi.

Eliugazy Nurgaliev: (Guvoh, Qaynar)

-Xudo saqlasin, bir payt Qaynar qishlog'imiz ustida qip-qizil olovli quyun turdi, quyun!

Dr Talgat Muldagaliev: (Radiatsiya tibbiyoti olimi, Semey)

-Poligonni yopgan bilan uning sogʻlik va tabiatga taʼsiri tezda yoʻqolmaydi. Tushuning, radioaktiv moddalar parchalanishi uchun yuzlab qillar kerak. Tadqiqotlarimizga koʻra, ikkinchi, uchinchi avlodlar ham turli kasalliklarga duchor boʻlishmoqda.

Pakizat Kaleeva:

-Oila qurgim, bola koʻrgim keladi, ammo bu imkonsiz. Poligon hayotimni barbod qildi.

Semipalatinsk Poligoni deb atalgan ulkan, ammo maxfiy hududdagi yadroviy sinovlar yuz minglab mahalliy odamlarning irsiyatini buzgan.

Qozogʻiston mustaqil boʻlishi bilanoq Semipalatinskdagi Sovet Ittifoqining eng yirik Poligonini yopdi.

Lekin soʻnggi tadqiqotlarga koʻra, 40 yil davomida muttasil sinalgan atom qurollari shunchalik katta taʼsirga egaki, nafaqat portlashlarga guvoh boʻlgan insonlar, balki ularning bolalari, nevaralari va hatto 4-avlodlari ham radiatsiyaga bogʻliq turli bedavo kasalliklarga yoʻliqmoqdalar.

Atom qurollari sinovlari boshlangan ilk yillari SSSR rasmiylari mahalliy qozoqlardan tajriba sifatida foydalangan, degan daʼvolar ham bor.

Rossiya bu iddaolarni tan olmaydi va yadroviy qurollardan aziyat chekkan qozogʻistonliklarga tovon puli ham toʻlamagan.

Biroq, BBC Oʻzbek Xizmati jurnalisti Rustam Qobil birinchi sinovlar payti tajriba uchun portlash yaqiniga ataydan olib ketilgan eng soʻnggi tirik guvoh bilan gaplashgan.

Shuningdek, Sovet atom sinovlaridan keyin tugʻilgan boʻlsa-da, ammo radiatsiyaga bogʻliq tuzalmas kasalliklardan aziyat chekayotgan yoshlar bilan uchrashgan.

BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber da: +44 78-58-86-00-02

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio

bbcuzbek.comga toʻsiq boʻlsa, uzbekweb.netga kiring

Bu mavzuda batafsilroq