Iqtisodiy erkinlik: Oʻzbekiston dunyoda eng qoloqlardan

  • 17 Fevral 2017
Oʻzbekiston Image copyright galenfrysinger

AQShdagi Heritage Foundation markazining "Iqtisodiy erkinlik indeksi"da Oʻzbekiston dunyo va mintaqadagi eng qoloq davlatlar qatoridan oʻrin olgan.

Soʻnggi hisobotda Qozogʻiston Yaponiya bilan, Oʻzbekiston esa Afrika davlatlari bilan bir qatorga qoʻyilgan.

Vashingtondagi nufuzli iqtisodiy tahlil markazlaridan boʻlgan Heritage Foundation bu yil 180 davlatdagi iqtisodiy erkinliklar darajasini tahlil qilgan.

12 ta asosiy koʻrsatkichlar, jumladan, xususiy mulk daxlsizligi, soliqlar, davlatning biznesni qoʻllab-quvvatlashi va qonun ustuvorligi kabi meʼzonlar boʻyicha Oʻzbekiston 148 oʻrinni egallagan.

Ayni sohalarda Qozogʻiston sobiq sovet hududi va mintaqada eng yuqori koʻrsatkichni qoʻlga kiritgan.

Heritage Foundation reytingida bu yil 42-oʻringa qoʻyilgan Qozogʻiston iqtisodiy erkinlik boʻyicha Frantsiya va Italiyani ortda qoldirgan va Yaponiyaga (40) qariyb yetib olgan.

Mamlakatda jon boshiga daromad 24,268 dollarni tashkil etadi.

Bu Oʻzbekistondan toʻrt barobar ($6,068) koʻp demakdir.

Hisobotda aytilishicha, Oʻzbekistondagi korruptsiya va davlatning aralashuvi mamlakat iqtisodining erkinlashuviga yoʻl bermayapti.

Ayni paytda hisobot mualliflari oxirgi paytlarda sarmoya va biznes muhitini yaxshilash tomon qadamlar qoʻyilgani, jumladan, soliqlar kamaytirilganini qayd etishgan.

BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqalibogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - uzbekbbclondon

bbcuzbek.comga toʻsiq boʻlsa, uzbekweb.netga kiring