Video - Mudhish qotillik: Ikki sevishganni oʻldirishdi

Muhabbat timsoli Image copyright COURTESY

Gʻazabnok qurolli olomon tomonidan oʻldirilgan Fotiha 18 yoshda, sevgilisi Hidoyatulloh esa, hali 20 ga ham toʻlmagan boʻlgan.

Mashʼum hodisaning oʻzi esa, kuni-kecha qoʻshni Afgʻonistonning Pokiston bilan chegaradosh sharqiy Nuriston viloyatida yuz bergan.

Tafsilotlari videolavhamizda - nazardan qochirmang.

Xabarlarga koʻra, otasi majburan erga bergan Fotiha Hidoyatulloh bilan qochib ketmoqchi boʻladi.

Buni bilib qolgan politsiya xodimlari ikkovlonni zinoda ayblab, qoʻlga olishadi.

Fotihaning yaqinlari doxil voqeadan xabar topgan yuzlab qurolli odamlar 30 nafarcha xodim boʻlgan politsiya idorasiga bostirib kelishadi.

Ikki sevishgan yoshni oʻzlariga berishlarini talab qilishadi, uch politsiya xodimini yaralashadi.

Viloyat masʼullariga koʻra, vaziyat xatarnok tus olib ketmasin, deya, politsiya idorasidagilarda gʻazabnok olomonning talabini bajarishdan oʻzga chora qolmaydi.

Afgʻonistonlik ikki sevishgan yoshning Nuriston viloyatida qurollangan olomon tomonidan shafqatsizlarcha oʻldirilishi hodisasi, hatto, Amerikada ham aks-sado bergan.

Nufuzli "New York Times" nashri bu haqda butunboshli maqola ham chop etgan.

BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber da: +44 78-58-86-00-02

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio

bbcuzbek.comga toʻsiq boʻlsa, uzbekweb.netga kiring