Video - Halol kabob, Islom va siyosat...

Kabob Image copyright COURTESY

Hidlari shundoqqina dimoqlaringizni qitiqlab turgan kabob, jizzillatib qovurilgan kartoshka qalamchalari va achchiqina sous solingan "halol yemak qutisi" Avstraliyada yilning soʻzi, deb topilibdi.

Tafsilotlari videolavhamizda - nazardan qochirmang.

Mashhur Makkuori izohli loʻgʻati tasnifida ayni shu soʻz odamlar orasida eng ommabopi va yoki mashhuri boʻlib chiqibdi.

Sizni muntazir qilmay, bir zumda oʻrab, chirmab qoʻlingizga tutqaziluvchi bu kabi halol kaboblar esa, allaqachon Avstraliyadagi tezkor xizmat koʻrsatuvchi yemakxonalarning kunda-shundalik taomiga aylangan.

Ammo oʻtgan yil boshqacha bir holat kuzatilibdi:

Halol kabob siyosiy bahsu munozaralar markaziga tushib, aksariyat avstraliyaliklar uchun turfamadaniyatlilik, bir qism ozchilik uchun esa, mamlakatda Islom dini taʼsiri kuchayib borayotganining noxush nishonasiga ham aylanibdi.

Bunga esa, aksilislomiy kayfiyatdagi oʻng qanot siyosatchi Paulin Hansonning halol kabobni tatib koʻrish taklifini rad etishi sabab boʻlibdi...

BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber da: +44 78-58-86-00-02

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio

bbcuzbek.comga toʻsiq boʻlsa, uzbekweb.netga kiring