Oʻzbek va tojik muhojirlari avtohalokat qurboni boʻldi

Saratov Image copyright Ria-Novosti

Rossiyanig Saratov viloyatida yuz bergan avtohalokatda 6 kishi halok boʻlgan, ularning 5 nafari Oʻzbekiston va Tojikiston fuqarolaridir.

Rossiya matbuotining mahalliy rasmiylarga iqtibosan xabar berishicha, hodisa 20 fevral kuni erta soatlarda Petrovsk tumanidagi Tarumovka qishlogʻi yaqinida yuz bergan.

"Nissan" rusumli mashinada Saratov viloyati yashovchisi, "Kia" da esa 3 erkak va 2 ayol yoʻlovchi boʻlgan.

TASS agentligining mintaqa Yoʻl harakati xavfsizlik boshqarmasiga tayanib xabar berishicha, avtohalokat mahalliy vaqt bilan tonggi soat 5 atrofida, dastlabki farazlarga koʻra, "Kia" mashinasining qaram-qarshi yoʻlga chiqib ketishi natijasida yuz bergan.

Hodisa joyiga yetib borgan Petrovsk tuman hokimi Denis Fadeyevga koʻra, halok boʻlgan Oʻzbekiston va Tojikiston fuqarolari Rossiya Federatsiyasi hududiga Qozogʻistondan kirishgan va Rossiya poytaxtiga ishlash maqsadida borayotgan boʻlganlar.

Ria-Novosti agentligiga koʻra, ular 2014 yildan buyon Rossiyada yashab kelishgan va Moskvada rasmiy qayddan oʻtganlar.

Agentlikning oʻz manbalariga tayanib bildirishcha, halok boʻlgan "Kia" haydovchisi 30 yoshli Oʻzbekiston fuqarosi, yoʻlovchilardan ikki nafari 42 yashar oʻzbekistonlik ayollar, biri 40 yoshli erkak, yana biri esa 33 yoshli Tojikiston fuqarolaridir.

Rasmiylarga koʻra, Saratov yoʻlining oʻtgan yili taʼmirlangan ayni hududida avtomobil halokati koʻp sodir boʻladi.

Bunga uzoq yoʻlda charchagan haydovchilarning rulda uxlab qolishlari sabab qilib keltiriladi.

BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber da: +44 78-58-86-00-02

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio

bbcuzbek.comga toʻsiq boʻlsa, uzbekweb.netga kiring