Rim papasini kim masxara qilyapti?

Papa Frantsisk Image copyright Reuters
Image caption Papa Frantsisk islohotlari tufayli qarshilikka duch kelyapti

Shu oy boshlarida Rim boʻylab Papani tanqid qiluvchi afishalar tarqalib ketdi. Ruhoniyni masxara qilgan yolgʻon hikoya namunasi shahar kardinallariga topshirilgan.

Kristofer Lamb bu haqida izlanishlar olib bordi.

Ilk bora ularni koʻrganimda lol qolgandim. Papa Frantsiskni hafa qilgan afishalarining biri oldimga uchib kelganida, rohiba ayoldan bir-ikki qator ortda oʻtirgan edim, holos.

Uning jahldor va hafa rasmi tagida unga bildirilayotgan eʼtirozlar bitilgandi: "U ruhoniylarni haydadi, kardinnallarning fikrlarini inobatga olmay qoʻydi, qadimgi hisoblangan, Malta Ritserlari Katolik guruhini boshqaruvdan chetlatdi".

Bu men Rimda koʻrishni kutganlarimning tamomila teskarisi edi.

Tramvayga afishalar uchib kirgan shahar qismida, odatda qoʻllarini yozgan yoki bosh barmogʻini koʻtarib turib kulimsiragan Papa rasmlarini koʻrardingiz.

Italiyada Papalik tizimi deyarli monarxiya boʻlgani uchun shubhasiz mahalliy hukumat Papaning faqatgina hafa boʻlgan suratini qoldirib, ostiga "noqonuniy afisha namunasi" deb yozib eʼlon qilishdi.

Bir vaqtning oʻzida afishalar butun shahar devorlariga yopishtirilib chiqilib, Rimdagi Kardinallar, Vatikan jurnali hisoblangan "L'Osservatore Romano"ni sohta muqova rasmi bilan olishayotgan bir palla edi.

Muqovaning boshida Papaning gerbi ostida odatiy kotin shiori va uning ostida muolif kardinallar tomonidan Papaga joʻnatilgan savollar va har biri uchun "Ha" yoki "Yoʻq" javobi berilgandi.

Bu safar Papaning ustidan nafaqat oʻz yurtida, balki yana ustiga-ustak lotinda ustidan kulishgandi.

Papa bir tomondan oddiy katoliklar orasida juda mashxur boʻlsa, boshqa tomondan Vatikandagi oʻzgarishlari uchun qarshiliklarga duch kelyapti va Cherkovning anʼanaviy oʻng qanot vakillarining jahli chiqishiga sabab boʻlmoqda.

Buning asosiy sababi munosabatlarda.

Papa Frantsisk ajrashib qayta topishgan oilalarga izn bermoqchi, muxolif tomon esa bu narsa cherkovning oila toʻgʻrisidagi taʼlimotiga mutlaqo zid kelishini aytib, ajrashib qayta turmush qurish oilaviy vafodorlik asoslariga darz ketishini eʼtirof etmoqda.

Shunga doir savollarning barchasi soxta jurnalning muqovasida aks etgan edi.

Papa Frantsiskka qarshi chiqayotganlar lideri amerikalik Kardinal Raymond Burk.

Qoidalarga keskin amal qiluvchi inson Jon Kerri prezidentlikka nomzod boʻlgan vaqtda bir vaqtlar bola oldirib tashlashni qoʻllagani uchun cherkov marhamatiga sazovor boʻlmaganini sababini tushuntirib bergandi.

Kardinal Burk umrining asosiy qismini cherkov qonunlarini oʻrganishga bagʻishlagan boʻlib, unga toʻlaqonli amal qilinishini kuzatib boradi.

Uning fikricha, Papa Frantsisk 2000 yillik tarixga ega odatlar bilan oʻynashyapti va xar qanday payt unga qarshi "toʻgʻirlash buyrugʻi"ni ijro etish bilan qoʻrqitdi.

Bu juda gʻalati va qoʻpol qaror boʻladi, zero asrlar davomida bunday holat kuzatilmagan.

Kardinal avliyo Pyotr maydonidan Tiber daryosiga eltadigan yoʻlda katta ayvonli uyda istiqomat qilib, shu yerdan oʻzi "aqida sofligi" deb ataydigan amaliyotini amalga oshiradi.

Mehmondorchilik va marosim ayni maromida oʻtdi. Undan intervьyu olish uchun kirib ketar ekanman, Kardinalning qizil qalpogʻi shisha idishga solinganiga koʻzim tushdi. U xuddi muqaddas buyumdek edi.

Yonimizda oʻtirgan odam Papaning matbuot boʻyicha maslahatchisi boʻlib, Kardinalning barmogʻidagi oltin uzugini oʻpib, cherkov shahzodasiga koʻrsatiladigan hurmat marosimini namoyish qildi.

Ammo, men Vatikan axborot boʻlimi aʼzosi boʻlgan paytim Papa bilan qoʻl berib koʻrishgan edik.

Uni bir oyogʻiga tiz choʻkgan odamlar oldida oʻzini noqulay his qilishini sezmasdan ilojim yoʻq edi.

Rimda tarqalgan afishalarning mualliflari aslida Papaning Yevropaning muhojirlarga boʻlgan munosabatini yumshatishini soʻraganiga qarshi boʻlgan oʻng qanot vakillari.

Aslida Kardinal Burk boshqa masala tufayli Papadan norozi.

U yaqinda anti-muhojir kayfiyatdagi Shimoliy Liga partiyasi rahbari bilan koʻrishgani, afishalardagi masxara va yolgʻon habarlar ortida turganini tasdiqlamaydi.

Papa Frantsiskning oʻzgarishlariga qarshi boʻlgan koʻplab konservativ Katoliklar bor.

Papaning Vatikandagi mehmonxonada istiqomat qilib, oʻz yukini oʻzi koʻtarib, Ford Fokus rusumli mashinada yurishi qolganlarning sabr kosasini toʻldirib yubordi.

Baʼzilar Papaning bu harakatlarini "Papaga hos boʻlmagan" xarakter deya taʼriflashadi,

Lekin Papa tanqidlarga eʼtibor bermay yelka qisadi.

Yaqinda "Men tinchlantiradigan dorilardaman" deya xazillashgandi Papa.

Muammo shundaki, Papaning asosiy vazifasi cherkovdagi birlikni ushlab turish.

Albatta oldinda hali uni masxara qiladigan koʻp kardinallar chiqishi mumkin.

BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber da: +44 78-58-86-00-02

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio

bbcuzbek.comga toʻsiq boʻlsa, uzbekweb.netga kiring