Video - Ilhomdek er, Rahmondek ota yana kim?

Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev va xotini Mehribon Aliyeva Image copyright MEHRIBAN-ALIYEVA.AZ
Image caption Mehribon Aliyeva - ham xotin, ham vitse-prezident

Mintaqadagi aksar davlatlarda hokimiyatni boshqarish oilaviy tijoratga aylanmoqda.

Bu boradagi maxsus videolavhamizni YouTube kanalimizda tomosha qiling.

Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyevning xotini Mehribon oʻz eriga vitse-prezident boʻldi.

Tojikiston prezidenti Imomali Rahmonning oʻgʻli Rustam esa - bugun MDHdagi eng yosh general va poytaxt hokimi.

Oʻzbekiston marhum prezidenti Islom Karimovning qizlari yo ularning oilalari otasi tirikligida ulkan tijoratlarni boshqarishgan va diplomatik amallarda oʻtirishgan.

Qozogʻiston prezidenti Nursulton Nazarboyevning farzandlari ham dunyodagi eng boylar roʻyxatidan joy olishgan.

Ne bois mintaqa rahbarlari davlat boshqaruviga xotin-bolalarini bemalol aralashtirishmoqda?

Yoki qanday qilib, oʻz oila-aʼzolarining ulkan boylik orttirishiga toʻsiqsiz imkoniyatlar yarata bilishgan?

BBC Oʻzbek xizmatining videolarini www.bbcuzbek.com da ham koʻrishingiz mumkin.

Mintaqa boʻylab davlatni boshqarish oilaviy biznesga aylanmoqda.

Ozarbayjonda Prezident Aliyev xotini Mehribon Aliyevani oʻziga vitse-prezident qilib oldi.

Tojikiston Prezidentm Imomali Rahmon oʻgʻli Rustamni MDHda eng yosh general va eng ysh poytaxt hokimiga aylantirdi.

Oldinroq qizi Ozodani oʻz apparatiga rahbar qilib tayinlagan edi.

Qozogʻistonda Prezident Nazarboyevning qizi Darigʻa Senat qoʻmitasi raisi.

Nevaralari yosh boʻlisha ham, katta amallarda.

Oʻzbekiston marhum prezidenti Karimovning toʻngʻichi BMTda vakil edi. Kichigi hamon UNESCO da.

Gulnora otasi oʻrnini koʻzlagan. Ammo poraxoʻrlikka aralashdi. Karimov ham qazo qilib qoldi.

BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber da: +44 78-58-86-00-02

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio

bbcuzbek.comga toʻsiq boʻlsa, uzbekweb.netga kiring

Bu mavzuda batafsilroq