Video - Mintaqa: jangarilikni nima oziqlantirmoqda?

Oʻzbekiston Islomiy harakati Image copyright video

Soʻnggi haftalarda ham Afgʻoniston va ham Pokiston qator qonli hujumlarga sahna boʻlishgan.

Tolibon barobarida IShID jangari guruhi ham masʼuliyatini oʻz zimmasiga olib chiqqan bu hujumlar ortidan bu ikki qoʻshni davlat hukumatlari yana dahanaki jangga zoʻr berishgan.

Bir-birlarini jangari guruhlarni tiya olmaslik, ularning tayyorgarlik jamloqlarini yoʻq qila bilmaslikda ayblashgan, har doimgidek bu yoʻlda chin dildan koʻproq va jiddiy ish qilishga chaqirishgan.

Ammo joʻgʻrofiy joylashuvi bois, Afgʻoniston, asrlarki, Pokiston va Hindiston oʻrtasida "proksi urushi" maydoni boʻlib kelgan.

Mintaqadagi bu ikki oʻyinchi davlat geosiyosiy manfaatlari toʻqnashuvi "qurboniga aylangan".

Tahlilchilarga koʻra, bu kabi vaziyat mintaqadagi jangarilik muammosini oziqlantiruvchi asosiy omillardan biri boʻlib kelgan va kelmoqda.

Shunday ekan, bu muammoning yechimi bormi? Bor boʻlsa, u kim yoki nimaga bogʻliq?

Bularning barchasi bu haftalik "Soʻz Sizga" dasturimizda - nazardan qochirmang.

BBC Oʻzbek xizmatining videolarini www.bbcuzbek.com da ham koʻrishingiz mumkin.

BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber da: +44 78-58-86-00-02

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook- BBC UZBEK

Google+ BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio

bbcuzbek.comga toʻsiq boʻlsa, uzbekweb.netga kiring