Video - Rossiya nomidan jang qilgan "oʻzbek oʻgʻloni"

Image copyright BBCUZBEK

Xidirov Abdurashid Vaitovich Shinkiokushinkay Karate Federatsiyasi Sankt-Peterburg branch-chifi, Prezidenti va 5-Dan qora belbogʻ sohibidir.

(Abdurashid Xidirov bilan videosuhbat)

"Karatega qiziqishim, Bryus Li filmlarini koʻrib uygʻongan... Sankt-Peterburgda oʻqib yurgan paytlarim "Elektrosila"metro stantsiyasida karate sinflari haqida eʼlon koʻrib qoldim. Darrov yozildim. Shu bilan karate bilan shugʻullana boshladim".

Asli Oʻzbekistonning Surxondaryo viloyatidan boʻlgan Abdurashid Xidirov dunyo boʻylab oʻtkazilgan musobaqalarda Rossiya bayrogʻi ostida maydonga tushgan.

Image copyright Abdurashid Xidirov arxividan
Image caption Abdurashid Xidirov Surxondaryo viloyatidan

"Sovet davrida kelib qolganmiz bu yerga. Oʻsha paytlar hammada Sovet pasporti edi... Shu yerda tahsil oldim, keyin Oʻzbekistondan turmush oʻrtogʻimni olib kelib, shu yerda yashab ketdik. Keyin Rossiya fuqarosi boʻlib qoldik... Keyin katta musobaqalarda Rossiya nomidan jang qilardim".

"Men jahonda shinkiokushinkay boʻyicha 5 marta qora belbogʻ sohibi boʻlgan birinchi oʻzbek oʻgʻloniman. Hali Lotin Amerikasi, Yaponiya, Yevropa, oʻzimizning ona-vatanimiz Oʻzbekistonda ham Shinkiokushinkay Karate boʻyicha 5-Dan qora belbogʻ olganlar yoʻq", deydi u.

Abdurashid oʻz ustida ishlash uchun Yaponiyada ham maʼlum muddat yashagan. Oʻzi shugʻullanadigan sport turi sirlarini oʻrganishga harakat qilgan.

"Karate bu - falsafa, ruhiy idrok, hurmat... U bilan shugʻullangan kishi oʻziga nisbatan qattiqqoʻl, oʻzgalarga yumshoq boʻlishi kerak... Boshni xam qilish, ammo koʻzlar yuksakni koʻzlashi lozimligi aytiladi. Va buning oʻzi kamtarlikdir", deydi u.

Image copyright Abdurashid Xidirov arxividan
Image caption Abdurashid Shoʻro armiyasi safida xizmat qilgan

Abdurashid Xidirov hozirda Sankt-Peterburgdagi sport markazlaridan birida yoshlarga saboq beradi.

"Prezident va trener ishlarini xam olib boraman. Turnirlar oʻtkazaman. Seminarlar oʻtkazishga Kaliningrad, Arxangelьsk shaharlariga, Kareliya Respublikasiga, Vologda, Murmansk shaharlariga borib turaman. Oʻzbekistonga ham seminarlar uchun boraman..."

Bugun qilgan mehnatlaringiz qadrlanmoqdami?

"15 yil oldin yaxshi edi, men 70 kilolik vazn toifasida maydonga tushardim. Homiylar yordam berishar edi. Qachon katta natija bersangiz, siz hammaga keraksiz... Natija bermay qoʻyganingizdan keyin trenerlik ishlariga oʻtishingiz lozim... Boshqa mamlakatda, bilmadim, qadrlanish... Ammo oʻzimizning Oʻzbekistonimizda baribir mehr kuchli", deydi u.

"Ikki yil oldin Oʻzbekistonga ketib, u yerda karatening Shinkiokushinkay turi boʻyicha yoshlarni tayyorlovdan oʻtkazish haqida oʻylab koʻrganman... Yaxshi murabbiylar koʻpaysa, juda kuchli bolalar bor... Lekin men Rossiya fuqarosiman. Hujjat ishlari bilan u yerda qayta joylashish qiyin boʻlsa kerak".

BBCUZBEK Abdurashid Xidirov bilan Sankt-Peterburgdagi sport markazida mashgʻulot payti uchrashgan.

BBC Oʻzbek xizmatining videolarini www.bbcuzbek.com da ham koʻrishingiz mumkin.

BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber da: +44 78-58-86-00-02

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio

bbcuzbek.comga toʻsiq boʻlsa, uzbekweb.netga kiring