Mirziyoyevning ilk davlat safari Qozogʻistonga boʻladi

2016 yilda Oʻzbekiston va Qozogʻiston oʻrtasidagi mahsulot ayirboshlash miqdori 2 milliard dollar boʻlgani taʼkidlandi Image copyright Sergei Grits/AP
Image caption 2016 yilda Oʻzbekiston va Qozogʻiston oʻrtasidagi mahsulot ayirboshlash miqdori 2 milliard dollar boʻlgani taʼkidlandi

Oʻzbekiston prezidentining ilk davlat safari bilan mart oyida Qozogʻistonga boradi. Bu haqida Oʻzbekiston va Qozogʻiston oʻrtasidagi hamkorlik boʻyicha tuzilgan hukumatlararo komissiyaning Toshkentdagi majlisida eʼlon qilindi.

Avvalroq Prezident Mirziyoyevning aprel oyida Rossiyaga moʻljallangan safari ilk davlat safari boʻlishi aytilgan. Rossiyalik siyosiy tahlilichlar u bu bilan u oʻz siyosatidagi Rossiyaning muhim oʻrnini tasdiqlayotganiga ishora qilishgandi.

Majlisda Mirziyoyevning Ostonaga safari Oʻzbekiston va Qozogʻiston oʻrtasidagi strategik hamkorlikning yangi bosqichini ochib berishi aytildi.

Gazeta.uz xabar qilishicha, majlisda 2016 yilda Oʻzbekiston va Qozogʻiston oʻrtasidagi mahsulot ayirboshlash miqdori 2 milliard dollar boʻlgani taʼkidlandi.

Oʻzbekistonda Qozogʻiston kapitali bilan 229ta kompaniya faoliyat yuritayotgani ham urgʻulangan.

Qozogʻistonlik iqtisodiy tahlilchilarning aytishlaricha, qozoq sarmoyadorlar Oʻzbekistonda qanday iqtisodiy islohotlar amalga oshirilishini yaqindan kuzatmoqdalar, hamda erkin konvertatsiya va ikki-tomonlama kelishuvlarga umid qilmoqdalar.

BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber da: +44 78-58-86-00-02

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio

bbcuzbek.comga toʻsiq boʻlsa, uzbekweb.netga kiring