ID quvilgan qishloqda bomba 41 odamni oʻldirdi

Turkiya yordamida hudud IDdan tortib olingan Image copyright AFP
Image caption Turkiya yordamida hudud IDdan tortib olingan

Suriyadagi manbalar bildirishicha, al-Bab shahri yaqinida isyonchilar nazorati ostidagi qishloqda portlagan mashina bombasi kamida 41 kishini oʻldirdi.

Portlash Susian qishlogʻidagi isyonchilar xavfsizlik shoxobchasini vayron qilgan.

Qishloq al-Babdan shimoli-gʻarbda 8 chaqirimlik masofada joylashgan.

Payshanba kuni Turkiya qoʻllab-quvvatlovi bilan amal qilayotgan isyonchilar Islomiy Davlat jangarilarini shu qishloqdan siqib chiqarganlar.

Turkiya bildirishicha, isyonchilar shaharni "deyarli toʻla nazorat"ga olishgan.

Reyters xabariga koʻra, hujum 35 oddiy fuqaro va olti isyonchini oʻldirgan.

Bomba portlaganida oddiy yashovchilar al-Bab shahriga qaytib kirishga ruxsat soʻrash uchun yigʻilgan boʻlishgan.

Halabga yaqin joylashgan al-Babning oʻzida 100 ming odam, atrofida esa 50 ming odam yashaydi.

U 2014 yilda oʻzini Islomiy Davlat deb atovchi guruh qoʻliga oʻtgandi.

BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber da: +44 78-58-86-00-02

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio

bbcuzbek.comga toʻsiq boʻlsa, uzbekweb.netga kiring