Tramp maʼmuriyati "FBIga bosim oʻtkazgan"

Prezident oʻt atrofidagilar Rossiya bilan aloqa qilganiga ishonmasligini aytadi Image copyright Reuters
Image caption Prezident oʻt atrofidagilar Rossiya bilan aloqa qilganiga ishonmasligini aytadi

Oq Uyning tan olishicha, u Prezident Tramp yordamchilarining Rossiya xavfsizlik xizmatlari bilan aloqada boʻlgan haqidagi xabarlarni puchga chiqarishni soʻrab Federal tergovlar byurosi (FBI)ga bosim oʻtkazgan.

Oq Uy, xususan, prezident devonining rahbari Reyns Pribus Federal tergovlar byurosining direktori muovinidan Moskva aralashuvi borasida New York Times gazetasida chiqqan maqolaga qarshi chiqishni soʻraganini tasdiqladi.

CNN xabar qilishicha, Federal tergov byurosi bu soʻrovni rad etgan, hamda Tramp yordamchilari va Rossiya oʻrtasidagi aloqalar borasidagi tergov hali ham davom etayotganini roʻkach qilgan.

Jahli chiqqan Tramp tvitterda Federal tergov byurosi "oqizuvchilari"ga qarshi munosabatini bildirdi.

"FBI uzoq vaqtdan beri hukumatimiz saflariga singib ketgan milliy xavfsizlik "oqizuvchilari"ni toʻxtatishga mutlaqo qodir emas" deb tvit yozdi Tramp juma tongida.

"Ular hatto FBI ichidagi oqizuvchilarni topa olmayaptilar. AQShni dahshatli taʼsir qilishi mumkin boʻlgan maxfiy maʼlumot matbuotga uzatilyapti. HOZIR TOPINGLAR" deya qoʻshimcha qildi prezident.

Oʻtgan hafta New York Times gazetasi Tramp prezidentlik kampaniyasi aʼzolari va Rossiya xavfsizlik xizmatlari oʻrtasidagi telefon suhbatlarini AQSh agentliklari yozib olganlari haqida xabar tarqatgandi.

Tramp bu maʼlumotni AQSh agentliklari, xususan Federal tergov byurosi matbuotga "oqizgan"iga ishonadi.

Federal tergov byurosi hozircha bu maʼlumot borasida oʻzi munosabat bildirmadi.

Tramp, oʻzi bilishicha, oʻz atrofidagilardan hech kim Rossiya xavfsizlik xizmatlari bilan aloqa qilmaganini aytmoqda.

BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber da: +44 78-58-86-00-02

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio

bbcuzbek.comga toʻsiq boʻlsa, uzbekweb.netga kiring