Moskvada "Nemtsov marshi"

PARNAS rahbari Mixail Kasyanov yuziga kimdir zelyonka sepgan. Image copyright Reuters
Image caption PARNAS rahbari Mixail Kasyanov yuziga kimdir zelyonka sepgan.

Muxolif siyosatchi Boris Nemtsov xotirasiga bagʻishlangan Moskvadagi marshda minglab odamlar ishtirok etishgan.

Boris Nemtsov 2015 yil 27 fevral kuni Kremldan uncha uzoq boʻlmagan joyda oʻldirilgandi.

Boshida 30 ming ishtirokchi kutilgan esa-da, politsiya yurishda 5 ming kishi qatnashgani aytayotir.

Ammo tashkilotchilar bu raqamni 15 ming, deyishmoqda.

Qatnashchilar koʻllarida turli xil shior va talablarni olib chiqishgan. Ularning barchasi Kreml siyosatini va Ukrainadagi Rossiya aralashuvini qoralaydi.

Odamlar, xususan, "Ukraina bilan urush - Putinning jinoyati", "Putinsiz Rossiya" yoki "Men Qrim ishgʻoliga qarshiman" degan shiorlarni koʻtarib olishgan.

"Solidarnost" harakatidan Ilya Yashinning aytishicha, marsh qatnashchilari Nemtsovning oʻldirilishi ishini oxirigacha yetkazish va buyurtmachilarni topib jazolashni talab qilishgan.

Oktyabr oyida Nemtsovni oʻldirishda ayblangan 5 nafar chechen millatiga mansub shaxs ustidan mahkama boshlangandi.

Tergovchilarga koʻra, qotillikni amalga oshirgan Zaur Dadayev ilgari Checheniston prezidenti Ramzan Qodirov qoʻli ostida ishlagan. Biroq Checheniston rahbari ayni ishga oʻz aloqasi borligini qatʼiyan rad etadi.

Vladimir Putin ham oʻz muxolifatchisining oʻldirilishini keskin qoralab chiqqandi.

Lekin Kreml tanqidchilariga koʻra, aslida, muxolifatchilarni qoʻrqitish va tanqidchilar ogʻzini yopish uchun Boris Nemtsov oʻldirilgan.

Image copyright Reuters
Image caption Boris Nemtsov suratlarini koʻtarib olgan marsh ishtirokchilari.

Yurishda turli muxolifat guruhlari, xususan, PARNAS, "Yabloko", "Solidarnost", ("Birdamlik"), "Otkritaya Rossiya" ("Ochiq Rossiya") ishtirok etishgan. Shuningdek, Aleksey Navalniyning roʻyxatga olinmagan "Progress" ("Taraqqiyot") partiyasi ham boʻlgan.

Marshni boshqargan PARNAS rahbari Mixail Kasyanov yuziga kimdir zelyonka sepib ketgan. Rossiya matbuotiga koʻra, u shaxs qoʻlga olingan.

Moskva hokimiyati ruxsati bilan oʻtkazilgan yurish ishtirokchilari Nemtsov oʻldirilgan joy - Bolshoy Moskvoretskiy koʻprigiga borishmagan. Balki Pushkin nomidagi maydondan yurib oʻtib, nihoyat Akademik Saxarov shohkoʻchasiga chiqishgan.

Nemtsov xotirasiga nafaqat Moskvada, balki Qozon, Kirov, Novosibirsk, Perm, Sankt-Peterburg va Ulyanovsk shaharlarida ham turli tadbirlar oʻtkazilgan.

Tadbirda hech qanday qonun buzilish hollari boʻlmagani aytilmoqda.

Bi-bi-si Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook- BBC UZBEK

Google+ BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio

bbcuzbek.comga toʻsiq boʻlsa, uzbekweb.netga kiring.

Bu hikoyani baham koʻring Baham koʻrish haqida

Bu mavzuda batafsilroq