Afgʻoniston: Tolibon daraxt ekmoqchi

Qandahorlik Hibatullo Oxunzoda Image copyright Afghan Islamic Press
Image caption Qandahorlik Hibatullo Oxunzoda jangaridan koʻra koʻproq taqvodor.

Afgʻoniston Toliboni rahbari Hibatullo Oxunzoda afgʻonlarni koʻproq daraxt ekishga chaqirmoqda.

Tolibon yetakchisining bayonoti ham tinch aholi va ham oʻz jangarilariga qaratilgan boʻlib, unda "mevalimi, mevasizmi bir daraxt ekib, zamin chiroyiga chiroy qoʻshsangiz, Olloh bu yaxshi amal ajrini berguvchidir" deb aytadi.

Afgʻonistonda qish sovuq, Elektr taʼminoti juda oz va gaz deyarli yoʻq. Odamlar ham ovqat qilish, ham isinish va ham qurilish uchun daraxtlarni kesishadi.

Jangchi emas, taqvodor

Tolibondan bu kabi noharbiy bayonot chiqishi juda hayratlanarli.

Ammo oʻtgan may oyida Afgʻoniston Toliboniga rahbar boʻlgan Hibatullo Oxunzoda jangari qoʻmondon emas, balki koʻproq diniy olim sifatida tanilgan.

"Daraxt ekish tabiatni asrash, iqtisodni taraqqiy ettirish va zaminimizni goʻzal qilish uchun muhim" - deb yozadi Afgʻon Toliboni rahbari oʻzining "Jihod sadosi" vebsahifasida.

Image copyright EPA
Image caption Isinish, uy qurish, ovqat pishirish va yo choy qaynatish uchun ham oʻtin ishlatiladi.

"Daraxt ekish va dehqonchilik qilish - ham bu dunyo , ham u dunyo saodati uchun juda kerakli amallar" - davom etgan oʻz bayonotida isyonkorlar rahbari.

Ammo Afgʻoniston prezidenti idorasiga koʻra, ayni bayonot yordamida Tolibon ommani oʻzlari amalga oshirgan jinoyat hamda hujumlaridan chalgʻitib, aldamoqchi.

Tolibon 1996 yildan toki AQSh boshchiligidagi kuchlar ularni qudratdan ketkazgan 2001 yilgacha Afgʻonistonning 96% hududini boshqargan.

Hukumat urushlarga chek qoʻyish uchun Hibatullo Oxunzodaga amal ham taklif qilgan, lekin u rad etgandi.

Tahlilchilarga koʻra, Afgʻoniston tuprogʻidan xorijiy kuchlar butunlay chiqib ketmaguncha Tolibon rahbari hukumat bilan ishlamasa kerak.

Bi-bi-si Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook- BBC UZBEK

Google+ BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio

bbcuzbek.comga toʻsiq boʻlsa, uzbekweb.netga kiring.

Bu hikoyani baham koʻring Baham koʻrish haqida

Bu mavzuda batafsilroq