Oskar xatosi: "Moonlight" asl gʻolib boʻldi

Uorren Bettiga notoʻgʻri konvert topshirilgani uchun u "Emma Stoun, La La Land" deya eʼlon qilib xato qilgan Image copyright kevin winter
Image caption Uorren Bettiga notoʻgʻri konvert topshirilgani uchun u "Emma Stoun, La La Land" deya eʼlon qilib xato qilgan

"Moonlight" (Oy yogʻdusi) filmi eng yaxshi film kategoriyasida Oskar mukofotiga sazovor topildi. Ammo, bir necha lahza avval bu eng yuqori mukofotga "La La Land" filmi loyiq deya eʼlon qildi.

Ammo, ayon boʻlishicha, mukofotni topshirayotgan faxriy aktyor Uorren Bettiga notoʻgʻri konvert topshirilgani uchun u "Emma Stoun, La La Land" deya eʼlon qilib xato qilgan.

Xato qilingani ayon boʻlganida "La La Land" filmi jamoasi sahnada minnatdorchilik nutqlarini qilishni boshlagandilar.

Ovozlarni sanash masʼuliyati topshirilgan PriceWaterhouseCooper kompaniyasi soʻngra bayonot chiqarib: "Biz eng yaxshi film mukofotlanishi jarayonida qoʻyilgan xato uchun "Moonlight", "La La Land", Uorren Betti, Fey Danavey va Oskar tomoshabinlaridan kechirim soʻraymiz", dedi.

Bayonotda aytilishicha, boshlovchilarga notoʻgʻri kategoriya konvertlari berilgan va bu qanday yuz bergani hozirda tergov qilinmoqda.

"La La Land" direktori Demian Chazel 32 yoshida eng yaxshi rejissyor deb topilib Oskar olgan eng yosh kinematograf boʻldi.

Ayni damda eng yaxshi film uchun Oskar sovrindori "Moonlight" rejissyori Barri Jenkins bu kun uning yetti uxlab tushiga ham kirmaganini aytdi.

"Bu haqiqat, soxta xabar emas", - dedi u.

Eronlik rejissyor Ashgʻar Farhodiyning "Sotuvchi" filmi eng yaxshi xorijiy film kategoriyasida Oskarga loyiq topildi.

Farhodiy Donald Trampning "noinsoniy" safar cheklovlari uchun Oskar marosimini boykot qildi.

Marosimda unga ikki amerikalik eronlik vakillik qilishdi va bayonotini oʻqib eshittirishdi.

"Dunyoni AQSh va "bizning dushmanlarimiz"ga ajratish qoʻrquv uygʻotadi" deyiladi uning bayonotida.

BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +4478-58-86-00-02

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio

bbcuzbek.comga toʻsiq boʻlsa, uzbekweb.netga kiring