Toshkentda yana azim chinorlar kesilyapti

Mahalliy maʼmuriyat daraxtlar kesilishini ommaga izohlaymaydi Image copyright foto tsentralnoy azii
Image caption Mahalliy maʼmuriyat daraxtlar kesilishini ommaga izohlaymaydi

Toshkentda yana yuz yillik chinorlar kesilmoqda. Bu haqida toshkentlik inson huquqlari faollari xabar tarqatishdi.

Faol Yelena Urlayevaning aytishicha, hozirda Toshkentning Yakkasaroy tumanidagi Bobur parkidagi koʻplab daraxtlar, xususan azim chinorlarga bolta urilyapti.

Shu hududda yashaydigan yana bir faol, Tatyana Dovlatova Pedagogik institut parkidagi kesilgan daraxtlar va ildizlarini suratga olgan.

Uning aytishicha, bu daraxtlar sogʻlom boʻlgan va mazkur hudud issiq kunda sayr qilish uchun ajoyib joy edi.

Bobur parkida ham faollar kesilgan yirik chinorlarning qoldiqlariga guvoh boʻlishgan.

Shuningdek, Mirzo Ulugʻbek tumanidagi Shirin bozoriga qoʻshni boʻlgan yashil hududdagi koʻplab daraxtlar kesilgani xabar qilinadi.

"Oxirgi paytda daraxtlar kesib tashlanayotgan bunday hududlar juda koʻp. Oʻzbekistonning koʻp hududlarida daraxtlar, toʻqayzorlar kesilyapti. Kimdir oʻtin uchun, kimdir qimmatbaho yogʻoch uchun kesyapti. Hukumatning tabiatni muhofaza qiluvchi masʼullari hech qanday ish koʻrmayapti, Axtam Shaymardanov va Viktoriya Bajenovaga oʻxshagan haqiqiy ekologlar esa taʼqiblar tufayli mamlakatni tark etishgan", - deydi Urlayeva.

O'zbekiston hukumati xalqqa quloq soladimi?

BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio

bbcuzbek.comga toʻsiq boʻlsa, uzbekweb.netga kiring