Filippin: jangarilar nemis tutqunning boshini kesdi

70 yoshli Kantner va Merts Image copyright AFP
Image caption 70 yoshli Kantner va Merts avval ham Somalida bir marta oʻgʻirlab ketilgandilar

Filippindagi islomiy jangarilar germaniyalik sayyohning boshini tanasidan judo qilayotganlarini videoga olishgan va internetda tarqatishgan.

Yurgen Kantner noyabrь oyida Malayziyaning Sabah shtati yaqinida oʻz yaxtasidan oʻgʻirlab ketilgandi.

Uning hamrohi Sabin Mertsning jasadi kemadan topilgan.

Jangarilar Kantner uchun 600 ming dollar garov pulini talab qilishgan va bu yakshanba kuni garov muddati nihoyasiga yetgan.

70 yoshli Kantner va Merts avval ham oʻgʻirlab ketilgandilar.

2008 yilda ularni somalilik qaroqchilar 52 kun tutqunlikda ushlab turishgan va garov puli toʻlangach, ozod qilganlar.

Jangari saytlarni nazorat qiluvchi SITE guruhi tarqatgan videoda Kantnerni pichoq bilan qurollangan kishi oʻldirayotgani aks etadi.

Hukumat vakili Hesus Dureza qotillik yuz berganini tasdiqladi.

Uning aytishicha, hukumat kuchlari tutqunni ozod qilish uchun qoʻlidan kelgan hamma ishni qilgan.

Abu Sayyaf Filippin janubidagi jangari guruhlarning eng kichiklaridan biri.

U oʻta shafqatsiz amallari, xususan tutqunlarni boshini kesish bilan nom chiqargan.

Abu Sayyaf guruhi Islomiy Davlat jangari guruhiga sodiqligini eʼlon qilgan, hamda xorijliklar va filippinliklarni oʻgʻirlagan.

BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio

bbcuzbek.comga toʻsiq boʻlsa, uzbekweb.netga kiring