Samarqanddagi gaz va svet uzilishiga kim aybdor?

Qahraton qish mavsumida gaz va svetsiz zimiston ichida qolgan Samarqand mahallalari aks etgan videolar shu kunlarda koʻplarni larzaga solgan Image copyright настоящее время
Image caption Qahraton qish mavsumida gaz va svetsiz zimiston ichida qolgan Samarqand mahallalari aks etgan videolar shu kunlarda koʻplarni larzaga solgan

Samarqand viloyat hokimi muovining aytishicha, Oʻzbekistonning ikkinchi eng yirik shahrida oxirgi paytda tabiiy gaz va elektr taʼminotida tobora koʻpayib borayotgan uzilishlarga aholining qarzdorligi sabab.

"Samarkandskiy vestnik" agentligiga koʻra, hokim muovini Olim Ochilov viloyatda yomonlashgan kommunal xoʻjalik masalalari boʻyicha savollarga javob berish uchun matbuot anjumanida qatnashgan.

Matbuot anjumanida "Markazgaztaʼminot" va "Samarqand elektr tarmoqlari" birlashmalari ham ishtirok etganlar.

Qahraton qish mavsumida gaz va svetsiz zimiston ichida qolgan Samarqand mahallalari aks etgan videolar shu kunlarda koʻplarni larzaga solgan.

Marhum prezident Islom Karimov dafn etilishi bilan koʻplab davlat rahbarlari ziyoratlariga mezbonlik qilgan Samarqandning oddiy aholisi ahvoliga aftidan hech kim eʼtibor bermagan.

Hokim muovini Ochilovga koʻra, 1 yanvargacha boʻlgan qarzlar gaz boʻyicha 601 milliard soʻm, elektr quvvati boʻyicha esa 660 milliard soʻmga yetgan.

Ayni damda u mazkur sohalardagi xodimlarning oʻgʻrilik va poraxoʻrligini qoralagan.

Uning aytishicha, oʻtgan yilning oʻzida Samarqandda 100dan ortiq xodimlarga qarshi jinoiy ishlar ochilgan va jazo tayinlangan.

Ochilov janoblari isteʼmolchilarni oʻz abonent hisoblariga pul tushishini shaxsan nazorat qilish, hamda gaz va svet uchun faqat kassaga pul toʻlashga chaqirdi.

"Markazgaztaʼminot" direktori Shukrulla Mahmudov va "Samarqand elektr tarmoqlari" rahbari Gʻulom Primovlar anjuman ishtirokchilarini gaz va svet taʼminotidagi uzilishlarni bartaraf qilish yoʻlida koʻrilayotgan choralar haqida ogoh qilganlar.

"Hozirda elektr hisoblagichlarning yangi tizimi tadbiq qilinmoqda. Undan tashqari, Pastdargʻom tumani hududida Osiyo taraqqiyot banki moliyaviy koʻmagi bilan quyosh fotoelektrik stantsiyasi qurilishi yakunlamoqda. Bu qurilma ishga tushishi bilan elektr uzilishlarining 80 foizi bartaraf etiladi", - deb aytdi Primov.

"Samarkandskiy vestnik" yozishicha, samarqandlik rasmiylar gaz va elektr uzilishlari haqida yana koʻplab boshqa savollarga javob berganlar, ammo ularning javoblari negadir maqolada yoritilmadi.

BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio

bbcuzbek.comga toʻsiq boʻlsa, uzbekweb.netga kiring