"Rossiyaliklarning maoshi juda past"

"Rossiyada minimal ish haqi kun kechirish uchun zarur boʻlgan miqdordan ham past", - dedi Golodets Image copyright Elenanikitchenko/tass
Image caption "Rossiyada minimal ish haqi kun kechirish uchun zarur boʻlgan miqdordan ham past", - dedi Golodets

Rossiya bosh vazirining oʻrinbosari Olьga Golodetsning aytishicha, mamlakatda ishlayotgan odamlarning oyligi past va ularning malakasiga mutanosib emas.

"Bugungi kunda mehnat hosildorligi oʻsishi qarshisida turgan eng katta toʻsiq - bu Rossiya iqtisodiga sarmoyaning keskin kamayganligi va tadbirkorlarda texnik jihozlashga pul tikish uchun ragʻbatning yoʻqligi", - dedi Golodets Sochida oʻtgan sarmoya forumida.

Uning fikrida, bunga sabab "oʻta arzon, qiymati pasaytirilgan ishchi kuchidir". Golodetsga koʻra, "u ishchilarning bugungi malakasi darajasiga toʻgʻri kelmaydi".

Bosh vazir muovinining eslatishicha, Rossiyada bugunda 4,9 million odam minimal mehnat haqi hajmida maosh oladi.

"Rossiyada minimal ish haqi kun kechirish uchun zarur boʻlgan miqdordan ham past", - dedi Golodets.

Rossiyada bugungi kunda minimal ish haqi - 7800 rubl, kun kechirish uchun zarur miqdor esa 11 rubl.

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin hali 2012 yil aprelida minimal ish haqi "kelgusi bir necha yil ichida" kun kechirish uchun zarur boʻlgan miqdor bilan tenglashishini vaʼda qilgandi.

BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio

bbcuzbek.comga toʻsiq boʻlsa, uzbekweb.netga kiring