Video - Markaziy Osiyo tomida qishning adogʻi

Pomirda qish oxirlamoqda, ammo qorlar erimagan
Image caption Pomirda qish oxirlamoqda, ammo qorlar erimagan

Markaziy Osiyoning eng baland qishloqlarida odamlar qish bilan xayrlashmoqda.

Rasman qish tugasa-da, ammo "Dunyo tomi" yoki Pomirda hali qorlar erimagan.

Bu boradagi lavhamizni YouTube kanalimizda tomosha qiling.

Shunga qaramay, qish boʻyi tashqi dunyodan uzilib qolgan pomirliklar, baribir, bahor kelishini bayram qilishadi.

Non yopishadi, oddiy un yo qurutdan ovqat pishirib, qoʻshnilariga chiqarishadi.

Pomirda hayot ogʻir va qishning choʻzilishi oziq-ovqat taʼminotiga hamda tibbiy yordamga muhtoj insonlar hayotiga xavf soladi.

Umuman, Togʻli-Badaxshonda qor shu darajada qalin yogʻadiki, odamlar tandir-oʻchoqni ham uy ichida quradilar.

BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio

bbcuzbek.comga toʻsiq boʻlsa, uzbekweb.netga kiring.

Bu hikoyani baham koʻring Baham koʻrish haqida