Video - Putin tojik migrantlarga nima vaʼda qildi?

Putinni Tojikiston prezidenti qabul qildi Image copyright Press service of president of Tajikistan
Image caption Putinni Tojikiston prezidenti qabul qildi

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Tojikiston, Qozogʻiston va Qirgʻizistonga safar qilmoqda.

Dushanbeda Prezident Rahmon bilan oʻtgan uchrashuvida u Rossiyada tojik mehnat muhojirlari uchun maxsus sharoitlar yaratilishini bildirdi.

Videolavhani tomosha qilish uchun mana bu yerga bosing.

Putin Tojikiston, Qirgʻiziston, Qozogʻistonga safar qilmoqda.

Ammo, O'zbekistonga bormaydi.

Kreml buni Mirziyoyev tez orada Moskvaga kelayotgani bilan izohladi.

Tojikistonda Tojik-Afg'on chegarasini mustahkamlash muhokama qilindi.

Putin Rossiyadagi tojik migrantlar huquqlari himoya qilinishini va'da qildi.

Putinga ko'ra, tojiklar 15 kun ro'yxatda turmasligi va 3 yilga ish patentini olishlari mumkin.

Yashash ruxsati tugagan tojiklar, jinoyat sodir etmagan bo'lsa, Rossiyaga qaytishi mumkin.

O'tgan yili Tojikiston ichki yalpi mahsulotining uchdan bir qismi migrantlardan olingan.

BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber da: +44 78-58-86-00-02

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio

bbcuzbek.comga toʻsiq boʻlsa, uzbekweb.netga kiring