Tramp kongressga nimalarni vaʼda qildi?

Tramp kongressga nimalarni vaʼda qildi? Image copyright Getty Images
Image caption Tramp kongressga nimalarni vaʼda qildi?

Kongress oldida ilk marotaba nutq qilgan Przedent Donald Tramp mamlakat "Amerika ruhining yangilanishiga" guvoh boʻlmoqda deb aytgan. U AQSh iqtisodini koʻtarish uchun 1 trillion pul ajratilishini maʼlum qilgan.

Respublikachilar partiyasidan saylangan yangi Prezident baland ovozda va bir maromda "Amerika buyukligining yangi sahifasi" ochilayotgani haqida gapirgan.

Tramp yaqinda yahudiy qabristonidagi sodir etilgan buzgʻunchilik va Kanzas shtatida bir hindning oʻlimiga sabab boʻlgan otishmani qoralagan.

Prezident AQShdagi infrastruktura loyihalar uchun bir trillion dollar ajratishini va muhojirlarni qabul qilish tizimini oʻzgartirishini maʼlum qilgan.

U AQSh bundan soʻng ham NATOni qoʻllab quvvatlashda mustaqim boʻlishini bildirgan.

Nutq davomida Prezident saylovoldi kompaniyasida aytgan aksar gaplarini yana qaytargan.

Tramp oʻz maʼmuriyati oldidagi eng muhim masala deb, mamlakat xafvsizligini taʼminlash, jinoyat bilan kurashish va yangi ish oʻrinlari yaratish turganligini taʼkidlagan.

U yana bir bor AQShning janubiy chegarasida devor qurish haqida gapirgan. Biroq devor harajatlarini Meksika tomoni koʻtarishi kerak deb aytib kelayotgan gapini qaytarmagan.

AQSh Prezidentiga koʻra, mamlakat malakasiz ishchi kuchi kirib kelishiga chegara qoʻyib va malakali mutaxassislarni jalb qilish orqali immigratsiya tizimini oʻzgartirishi kerak.

Tramp bu borada iqtisod uchun kerakli boʻlgan ishchi kuchi jalb qilishga qaratilgan Avstraliya migratsiya siyosatini namuna sifatida olish kerakligini taklif qilgan.

Prezidentning taʼkidlashicha, bu kabi sistema "mislsiz dollarlarni iqtisod qiladi, ishchilarning maoshini koʻtaradi, muhojirlar dohil boshqa kambagʻal oilalarni ham oʻrta qatlam darajasiga chiqishiga yordam beradi. Bu jarayonni tezroq amalga oshishiga va tom maʼnoda baxtli boʻlishga olib keladi".

Tramp infratuzilma loyihalari uchun 1 trillion ajratish gʻoyasini kongressdan qoʻllashlarini soʻragan.

"AQSh Yaqin Sharqda qariyb 6 trillion dollar sarfladi, bu vaqtda uyimizda infratuzilma buzilmoqda. 6 trillion dollarga butun mamlakatimizni ikki marta, balki uch marta qayta qurgan boʻlardik. Umummilliy qayta qurishni boshlash uchun kongressdan AQSh intratuzilmasiga bir trillion dollar sarmoya kiritish boʻyicha qonun loyihasini tasdiqlatishni soʻrayman. Ushbu loyihalarni jamoat va xususiy pullar evaziga moliyalashtiriladi, shu bilan millionlab yangi ish oʻrinlari yaratiladi", - degan Tramp.

Prezident ushbu reja amerikaliklarni sotib ol va amerikaliklarni yolla - ikki bosh printsipiga asoslanishini aytgan.

Donald Tramp oʻrta tabaqa uchun soliqlarni tushirishga, millionlab yangi ish oʻrini yaratishga va oldingi maʼmuriyat tomonidan yoʻlga qoʻyilgan Obamacare umumiy tibbiy sugʻurtadan voz kechishga vaʼda bergan.

Tramga koʻra, Obama tomonidan olib borilgan islohotlar tanazzulga uchradi va yangi islohotlar taklif qilmoqchi.

"Islohotlar fuqarolar uchun keng tanlov beradi, harajatlarni qisqartiradi va tibbiy xizmat sifatini yaxshilaydi. Tibbiy sugʻurta narxini tushirish kerak. Biz buni amalga oshiramiz", - degan AQSh prezidenti.

Anʼanaga koʻra, yangi saylangan Prezident fevral soʻngida kongressda oʻzining murojaati bilan chiqish qiladi. Ushbu murojaatda yangi davlat rahbarining asosan keyingi siyosiy yoʻnalishlari aks etadi.

BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber da: +44 78-58-86-00-02

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio

bbcuzbek.comga toʻsiq boʻlsa, uzbekweb.netga kiring