Video: Patent - migrantlarning eng katta boshogʻrigʻi

Mehnat muhojiri (Sankt Peterburg) Image copyright BBCuzbek
Image caption Mehnat muhojiri (Sankt Peterburg)

Rossiyaning aksar mintaqalarida ishlovchi xorij fuqarolari uchun patent narxi yangi yilda 1947 rublga oshirilgan. Bu oʻtgan yilgiga qaraganda (2016 yil 1820 rubl, 2015 yil esa 1568 rublni tashkil qilgan) 7% ga koʻpdir.

Moskva va Moskva viloyatida mehnat qilayotgan migrantlar uchun esa patent toʻlovi narxi oʻzgarmasligi haqida xabar qilingandi.

Bugunda Moskva va Moskva viloyatida patent toʻlovi narxi oyiga 4200 rublni tashkil qiladi.

Patent narxi yildan-yilga oshayotgani Rossiyadagi mehnat muhojirlarini qiyin ahvolga qoʻyayotgani sir emas.

Mehnat muhojirlariga koʻra, oʻrtacha 25 000 - 30 000 rubl miqdoridagi maoshga ishlayotganlar uchun bu oylik badalni toʻlash oson emas va shu bois, ayrimlar Rossiyada "noqonuniy ishlashga" majbur boʻlishadi.

Rossiya hukumati patent tizimini isloh qilayotgani haqida aytsa-da, poytaxt Moskva va Moskva viloyatidan tashqarida hali hamon muammolar saqlanib qolgan.

BBCUZBEK suhbatlashgan mehnat muhojirlarining aytishlaricha, Markaziy Osiyo, xususan, Oʻzbekistondan kelgan migrantlar koʻpi hali hamon patentni "oʻrtada turgan vositachilar" yordamida olishadi. Bu esa, mehnat muhojiri uchun "ortiqcha xarajat" deganidir.

Vaziyatni oʻrganish uchun BBCUZBEK Sankt-Peterburgdagi migratsiya markaziga borgan.

Videolavhani YouTube dagi kanalimizda tomosha qiling.

BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber da: +44 78-58-86-00-02

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio

bbcuzbek.comga toʻsiq boʻlsa, uzbekweb.netga kiring