Rossiya madaniyat xodimlariga maosh toʻlamayapti

Madaniyat vazirligi oyliklar kechikishiga texnik muammolar sabab ekanini aytmoqda Image copyright Artyomgeodakyan/tass
Image caption Madaniyat vazirligi oyliklar kechikishiga texnik muammolar sabab ekanini aytmoqda

Chaykovskiy nomidagi Moskva davlat konservatoriyasi xodimlariga ikki oydirki - 2017 yil boshidan oylik berilmayapti.

Bu haqida BBCga konservatoriyaning ikki xodimi maʼlum qildi.

Oʻxshash vaziyat madaniyat sohasidagi boshqa idoralarda ham yuzaga kelgan.

Madaniyat vazirligi oyliklar kechikishiga texnik muammolar sabab ekanini aytmoqda.

"Buxgalteriyaning xodimlarga aytishicha, davlatdan byudjet pullari kelib tushmayapti", - dedi bir suhbatdosh BBCga.

Davlat sanʼatshunoslik instituti, Rossiya sanʼat tarixi instituti va Sankt-Peterburgdagi Rimskiy-Korsakov nomli konservatoriya xodimlari ham BBCga ayni holat haqida gapirishdi.

"Yangi yildan beri baʼzi xodimlarimiz oyliklarining yarmidan ancha kamini olishdi, boshqalar esa umuman olmadi. Avvallari kechikishlar boʻlmagan", - dedi Rimskiy-Korsakov nomli Sankt-Peterburg konservatoriyasi xodimi.

Institutlar rahbariyati xodimlarga nima uchun maoshlar kechikayotganini izohlamayapti, lekin norasmiy tarzda vazirlikda "texnik muammolar" yuzaga kelganini aytgan.

"Bizga martda oylik berishni vaʼda qilishdi. Lekin farzandlarimizga maktabdagi nonushta uchun pulni hoziroq toʻlashimiz kerak", - deya nolidi bir xodim.

Shu kunlarda Moskva metrosining yangi liniyasini qurishga jalb etilgan oʻzbek va tojik migrantlarning besh oydan beri maosh olmaslik tufayli ish tashlash aktsiyasi davom etmoqda.

BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber da: +44 78-58-86-00-02

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio

bbcuzbek.comga toʻsiq boʻlsa, uzbekweb.netga kiring