Мирзиёев деҳқонни  миллионер қилмоқчими?
Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Video - Mirziyoyev oʻzbek dehqonini qanday boyitmoqchi?

Oʻzbekiston prezidenti nazariy jihatdan dehqonni millionerga aylantiradigan ekinni taklif etdi.

Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryoda dunyodagi eng qimmat ziravor - zaʼfaron ekishni yoʻlga qoʻymoqchi.

Misol uchun, paxta kilosi 1-2 dollar tursa, zaʼfaron kilosi 3-4 ming AQSh dollarigacha yetadi.

Dunyoda zaʼfaronning misqoli oltinga teng yuradi.

Zaʼfaron taom tayyorlash va tabobatda ishlatiladi.

Oʻzbekiston janubidagi iqlim zaʼfaron yetishtirish uchun qulay.

Lekin zaʼfaron yetishtirish mashaqqat va butun jarayon faqat qoʻl mehnati talab qiladi.

Qishloq xoʻjaligida tubdan islohot qilmay, yangi ekin bilan dehqonlarni boyitish mumkinmi?

Qolaversa, mamlakat dunyo ziravor bozorida oʻz oʻrnini topa oladimi?

Bu savollar hali ochiq.

YouTube kanalimizda maxsus videolavhani tomosha qiling.

Prezident Mirziyoyev Qashqadaryoda zaʼfaron ekishni buyurdi.

Zaʼfaron mana bu gulning urugʻ tolasi.

Zaʼfaron - eng qimmat ziravor, bir kilosi - 4 ming dollar.

U koʻz, teri, soch va boshqa aʼzolari uchun oʻta foydali.

Afgʻoniston ham koʻknori oʻrniga zaʼfaron ekmoqda.

Dunyoda 90% zaʼfaronni Eron yetishtiradi.

Oʻzbekiston janubiy hududlari Zaʼfaron ekish uchun mos.

Zaʼfaron yetishtirish - ogʻir, faqat qoʻl mehnati kerak.

Ammo narxi oʻzbek paxtasidan 4 ming marta (!) qimmat.

Oʻzbek dehqoni zaʼfarondan boyish ehtimoli katta.

BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook- BBC UZBEK

Google+ BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio