"Notariusga spravkasiz borish mumkin boʻladi"

Spravkalar olish uchun uzun navbatlarda turish kerak Image copyright Argumentua
Image caption Spravkalar olish uchun uzun navbatlarda turish kerak

Endi koʻchmas mulkni sotish, almashish va hadya qilish boʻyicha notarial hujjatlarni rasmiylashtirish qogʻoz spravkalarsiz amalga oshiriladi.

Bu haqida gazeta.uz sayti Oʻzbekiston Adliya vazirligiga tayanib xabar tarqatdi.

Vazirlikning minjust.uz saytida yozilishicha, Vazirlar mahkamasining 27 fevralda chiqargan qaroriga binoan endilikda notariuslar oʻzlariga kerak maʼlumotlarni "Notarius" kompьyuter tizimi orqali oladilar.

Shu paytgacha fuqarolar soliq va kommunal xizmatlar oldidagi qarzdorlik, imoratlarning egasi va tarkibi borasida koʻplab qogʻoz spravkalarni yigʻishga majbur edilar.

Aytilishicha, "Notarius" axborot tizimi vazirliklar orasida amal qiladi, hamda u orqali turli idoralar maʼlumotlarni elektron va jonli tarzda bir-biriga uzatadi.

Tizim joriy yilning 1 iyulida Toshkentda, kelgusi yil 1 iyulidan esa butun Oʻzbekiston boʻylab ishlay boshlashi moʻljallangan.

BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber da: +44 78-58-86-00-02

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio

bbcuzbek.comga toʻsiq boʻlsa, uzbekweb.netga kiring