Oʻzbek oʻsmirlari oʻz joniga qasd qilishi "bartaraf etilgan"

Oʻsmir mazkur oʻyinlardan birida qatnashishga rozilik berishi bilanoq, unga turli vazifalar kelib tusha boshlaydi Image copyright Reuters
Image caption Oʻsmir mazkur oʻyinlardan birida qatnashishga rozilik berishi bilanoq, unga turli vazifalar kelib tusha boshlaydi

Toshkentda huquq-tartibot idoralari xodimlari besh maktab oʻquvchisini internet oʻyining 15 bosqichiga oʻtish bilan oʻz joniga qasd qilishlarini bartaraf qilishga muvaffaq boʻlganlar.

Bu haqida Toshkent telekanalining "Poytaxt" koʻrsatuvida Ichki ishlar boshqarmasining vakili maʼlum qildi.

Jahon boʻylab oʻsmirlar orasida oʻz joniga qasd qilish hollari internet orqali ommalashgan.

BBC bir necha yil avval oʻtkazgan tergovga koʻra, internetda oʻsmirlar uchun oʻzlarini qanday oʻldirish boʻyicha koʻrsatmalarga toʻla forumlar mavjud.

Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida Qozogʻistonda voyaga yetmaganlar orasida oʻz joniga qasd qilish hollari yuqoriligi jiddiy xavotirlarga sabab boʻlib kelmoqda.

Aytilishicha, Oʻzbekiston yoshlari orasida ham bir necha internet oʻyinlari ommalashgan.

Oʻsmir mazkur oʻyinlardan birida qatnashishga rozilik berishi bilanoq, unga turli vazifalar kelib tusha boshlaydi.

Avvaliga ular begʻaraz tuyiladi - oʻyinchiga qandaydir hayvonni chizish, tong-saharda uygʻonish va boshqa vazifalar berila boshlaydi.

Ammo, vaqt oʻtishi bilan vazifalar murakkablashadi.

Xususan, oʻsmirga gazni yoqib qoʻyib uxlash, yoki tezlikda harakat qilayotgan transport oldidan yugurib oʻtish buyuriladi.

Bu vazifalar bora-bora ishtirokchining oʻlimiga sabab boʻlishi mumkin.

Mazkur muammo haqida "Pravda Vostoka" gazetasida yozilgan maqolada aytilishicha, taʼlim muassasalari va mahallalarda oʻsmirlar va ota-onalarni ogoh qilish boʻyicha tadbirlar oʻtkazilmoqda.

BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber da: +44 78-58-86-00-02

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio

bbcuzbek.comga toʻsiq boʻlsa, uzbekweb.netga kiring