Alisher Usmonov Medvedevga uy va yer sovgʻa qilganmi?

Tergovga koʻra, yerning "Sotsgosproyekt"ga berilishi 2010 yilda, yaʼni Medvedev prezident boʻlgan vaqti yuz bergan Image copyright AP
Image caption Tergovga koʻra, yerning "Sotsgosproyekt"ga berilishi 2010 yilda, yaʼni Medvedev prezident boʻlgan vaqti yuz bergan

Rossiyada muxolifatchi siyosatchi Aleksey Navalny goʻyoki Bosh vazir Dmitriy Medvedevga aloqador koʻp sonli koʻchmas mulklar boʻyicha tergovini oshkor qildi.

Bosh vazir matbuot kotibining aytishicha, bu saylovlardan oldin tarqatilgan targʻibotdir.

Navalnyning Korruptsiyaga qarshi kurash jamgʻarmasi (FBK) bildirishicha, oʻzbekistonlik milliarder Alisher Usmonov Medvedevning ikki kursdoshi boshqaradigan "Sotsgosproyekt" jamgʻarmasiga 4,3 gektar yer va uy hadya qilgan.

Navalny jamgʻarmasi qiymati 5 milliard rubl (85 million dollar)ga teng deya baholayotgan bu koʻchmas mulkni "Sotsgosproyekt"ga hadya qilgan shaxsning Rosreyestrdagi ismi Alisher Burxanovich Usmanov deya qayd etilgan.

Tergovga koʻra, yerning "Sotsgosproekt"ga berilishi 2010 yilda, yaʼni Medvedev prezident boʻlgan vaqti yuz bergan.

"Sotsgosproekt"ga Medvedevning kursdoshlari Ilya Yeliseyev va Aleksey Chetvertkov rahbarlik qilishadi.

Moskva tashqarisida Rublevo-Uspenskom shossedagi Znamenskoye posyolkasida joylashgan mazkur koʻchmas mulk nima uchun Usmonov tomonidan hadya etilgani aytilmagan.

FBK tergovida taʼkidlanishicha, Rossiya Bosh vaziri Medvedev oʻz kursdoshlari boshqaradigan qator notijoriy jamgʻarmalar tarmogʻi orqali katta mulkka egalik qiladi.

Xususan, jamgʻarma ofshor kompaniyalar nomiga hujjatlashtirilgan Italiyaning Toskana viloyatidagi uzumzorlar va yaxtani aniqlagan.

"Yagona Rossiya partiyasining rahbari (Medvedev) butun mamlakat boʻylab koʻchmas mulkka egalik qiladi, eng qimmatbaho tumanlardagi yerlar, yaxtalar, qadimiy dangʻillama uylardagi kvartiralar, Rossiya va xorijdagi qishloq xoʻjaligi komplekslari va sharbat yetishtirish korxonalari unga tegishlidir.

Navalny jamgʻarmasi vakillari Dmitriy Medvedevga bogʻliqligi gumon qilinayotgan jamgʻarmalarni tekshirishni soʻrab Tergov qoʻmitasi, Adliya vazirligi, Prezident devonxonasi va boshqa idoralarga murojaat qilgan.

Rossiya Bosh vazirining matbuot kotibi Natalya Timakova "sud aybdor deb topgan muxolifatchi kimsaning qiliqlari"ga biron sharh bildirish foydasiz ekanini aytdi.

BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber da: +44 78-58-86-00-02

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio

bbcuzbek.comga toʻsiq boʻlsa, uzbekweb.netga kiring