Xavotirlar: Afgʻoniston shimolida IShID xavfi?...

General Doʻstum Image copyright facebook

Oxirgi paytlarda qoʻshni Afgʻonistonning ayrim Markaziy Osiyo davlatlariga bevosita chegaradosh shimoliy viloyatlarida IShID guruhi faollashayotganiga oid xavotirlar kuchaygan.

Tafsilotlari videolavhamizda - nazardan qochirmang.

Jumladan, Turkmanistonga shundoqqina qoʻshni Jauzjon viloyatida guruh qarshi hujumga oʻtgani, allaqachon xalqaro koʻmak xodimlari doxil oʻnlab insonlarning umrlariga zomin boʻlib ulgurgani, oʻzining zindonini tashkil qilib, oddiy odamlar ustidan oʻzboshimcha mahkamalar oʻtkazayotganiga oid xabarlar olinmoqda.

Agar, Afgʻoniston birinchi vitse-prezidenti general Abdulrashid Doʻstumning yaqinda qilgan televizion chiqishiga tayanilsa, Oʻzbekiston Islomiy harakati marhum hamasoschisi va rahbari Tohir Yoʻldoshning oʻgʻli ham Jauzjonga oʻtgan.

Uning ham Afgʻoniston shimolida IShID guruhi nomidan faoliyat yuritishni boshlagani aytiladi.

General Abdulrashid Doʻstumning yana bir bor ogohlantirishicha, Afgʻoniston shimolida shakllanayotgan vaziyat va IShID xavfiga jiddiy eʼtibor qaratilmogʻi shart.

Shunday ekan, xavf qanchalik jiddiy? - Bu haftalik "Soʻz Sizga" dasturimizda, nazardan qochirmang.

BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber da: +44 78-58-86-00-02

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio

bbcuzbek.comga toʻsiq boʻlsa, uzbekweb.netga kiring