Google  эъзозлаган Абдулсаттор-ота ким?
Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Video - Google eʼzozlagan Abdulsattor-ota kim?

Bu hafta Google qidiruv sayti oʻz bosh sahifasida uzun oq soqolli musulmon otaxon suratini berdi.

Google odatda dunyodagi muhim sana yo shaxslarga taaluqli paytlar shu kabi rasmlarni yo dudllarni ishlatadi.

Biroq koʻpchilikka notanish musulmon otaxon kim edi va ne sababli unga alohida hurmat koʻrsatildi?

Maʼlum boʻlishicha, koʻpchilik eshitmagan Abdulsattor-ota kabi saxovatpesha hali boshqa yashamagan ekan.

BBC Oʻzbek xizmatining videolarini www.bbcuzbek.com da ham koʻrishingiz mumkin.

Google eʼzozlagan Abdulsattor-ota kimligini bilasizmi?

Google bosh sahifasida musulmon otaxon rasmi.

Abdulsattor Edhiyni dunyo bilmaydi, ammo u dunyodagi ulkan saxovatpesha edi.

Pokistonlik otaxon kambagʻallikda oʻsgan.

Ammo koʻchada pul soʻrab, boshqalar uchun xayriya tuzgan.

Dunyoda eng yirik koʻngilli tez yordam xizmatini ham Abdulsattor ota yaratgan.

U 50 ming tashlandiq bolani asrab olgan.

Otaxon umri oxirigacha ishladi. Kasalligida xorijda davolanmadi.

Oʻtgan yili 88 yoshida qazosi yetgach, oʻzi qazgan qabrda dafn etildi.

BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber da: +44 78-58-86-00-02

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio

bbcuzbek.comga toʻsiq boʻlsa, uzbekweb.netga kiring