"Prezident Mirziyoyevning ilk safari Turkmanistonga boʻladi"

Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Image copyright AP

Oʻzbekiston ommaviy axborot vositalarining Oʻzbek va Turkman rasmiylariga tayanib xabar tarqatishlaricha, Prezident etib saylanganidan keyin Shavkat Mirziyoyevning ilk xorijiy safari Turkmanistonga boʻladi.

Podrobno.uz web-sayti Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligiga, kun.uz web-sayti Turkmanistonning Toshkentdagi elchiligiga tayanib xabar qilishlaricha, Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Turkmanistonga davlat tashrifi 5-6 martda moʻljallangan.

Matbuot xabarlariga koʻra, Prezident Mirziyoyev Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovni uchinchi prezidentlik saylovidagi gʻalabasi bilan shaxsan tabriklaydi.

Turkmanistonda Oʻzbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimov haykalini ochish koʻzlangan, Prezident Mirziyoyevning haykalning tantanali ochilish marosimida ishtirok etishi xabar qilingan.

Shuningdek, Amudaryo ustidan oʻtadigan "Oʻzbekiston-Turkmaniston-Eron-Ummon" avto va temir yoʻlini ishga tushirish rejalashtirilgan, shu munosabat bilan tadbirlar Turkmanistonda boʻlib oʻtadi.

Oʻzbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimovning 2016 yil 2 sentyabrda olamdan oʻtgani xabar qilindi.

4 dekabrdagi prezidentlik saylovida Shavkat Mirziyoyev 88 foiz ovoz toʻplab gʻalaba qozondi.

Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning davlat rahbari sifatidagi ilk tashrifi 2017 yil aprelida Rossiyaga boʻlishi xabari tarqatilgan.

Keyinroq esa janob Mirziyoyev ilk tashrifini Navroʻz bayramidan keyin Qozogʻistonga amalga oshirishi haqida xabar qilingandi.

BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqalibogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - uzbekbbclondon

bbcuzbek.comga toʻsiq boʻlsa, uzbekweb.netga kiring