"Islom 2070 yilda eng yirik din boʻladi"

Pokistonda Ramazon Qurboni namozi Image copyright AFP Getty Images

AQShda joylashgan Pew Tadqiqot Markaziga koʻra, 2070 yilgacha Islom dunyoning eng yirik dini boʻlishi mumkin.

Pew markazi Islomni dunyodagi eng tez rivojlanayotgan din deb hisoblaydi.

Demografik oʻsish hozirgi holatda davom etadigan boʻlsa, bugungi kunda dunyoning ikkinchi yirik dini hisoblanib turgan Islom XXI asr oxiriga borib birinchi dinga aylanishi, jahon musulmonlarining soni nasroniylarnikidan ortib ketishi mumkin.

Pew tadqiqotida dunyodagi musulmonlarning jami soni 1 milliard 600 million, nasroniylarning soni esa 2,17 milliard ekani aytiladi.

Aholi oʻsishini bashorat qilish modellashtirishiga koʻra, 2050 yilga borib nasroniylarning soni 2,92 milliardga, musulmonlarning nufusi 2,76 milliardni tashkil etadi deb koʻrilmoqda.

2070 yilga borib musulmonlarning soni dunyo aholisi orasida eng koʻp boʻladi.

Islom tez oʻsib borayotgani sababi nimada?

Image copyright AFP

Pew tadqiqoti natijalariga koʻra, boshqa dinlarga eʼtiqod qiladiganlarga solishtirganda musulmonlar oilalarida koʻp bola tugʻilmoqda.

Musulmon ayollar orasida tugʻish koʻrsatkichi, 3,1 deb, qolgan boshqa hamma dindagi ayollar orasida koʻz yorishi 2,3 raqamni tashkil etayapti, degan xulosaga kelgan AQShdagi tadqiqot markazi.

Ikkinchi sababi, Islom barcha dinlar orasida eng yosh aholiga ega din ekanligidadir.

2010 yili jahon musulmonlarining oʻrtacha yoshi 23 ga teng deb koʻrilgan, bu boshqa dinlarga nisbatan 7 yosh kichik deganini anglatadi.

Yaʼni, butun dunyo aholisi orasida oilasida voyaga yetmaganlarning eng koʻpini musulmonlar tashkil qiladi.

Pew hisobotiga koʻra, aholi orasida musulmonlar ulushining kattaligi va bunga tugʻilish surʼatining oʻsishi qoʻshilgani musulmonlarning soni yanada ortishiga olib keladi.

Image copyright AFP

AQSh va Ovroʻpoda musulmonlarga nisbatan munosabat qanday?

Pew markazi AQShda 2017 yili soʻrov oʻtkazgan va 0-100 ball bilan soʻrov ishtirokchilaridan diniy guruhlarga nisbatan oʻz hislarini ifodalab berishni soʻragan.

0 ball juda sovuq, oʻta yomon munosabatni, 100 esa juda iliq, yaxshi munosabatni anglatishi lozim edi.

Toʻqqiz diniy guruh aʼzolari orasida musulmonlarga 48 ball berilgan, ateistlar esa 50 ballni olganlar.

2016 yil bahorida Ovroʻponing 10 mamlakatida musulmonlarga nisbatan munosabat qandayligi oʻrganilgan.

Maʼlum boʻlishicha, Ovroʻpodagi musulmonlarga munosabat eng yomon boʻlgan uch mamlakat Vengriya, Italiya va Polsha ekan.

Musulmonlarga nisbatan toqatlilik eng yaxshi deb Buyuk Britaniya, Frantsiya va Germaniyada topilgan.

Pew markazi "mamlakatingizda shariat qonunlari joriy etilishini qoʻllab-quvvatlaysizmi" degan savol bilan Rossiya va Markaziy Osiyo mamlakatlarida ham soʻrov oʻtkazgan.

Tadqiqot markaziga koʻra, Rossiyada soʻrovda ishtirok etgan musulmonlarning 42 foizi, Qirgʻizistonda 35 foiz, Tojikistonda 27 foiz, Qozogʻistonda 10 foizi oʻzi yashab turgan mamlakatda shariat qonunlari yoʻlga qoʻyilishini istar ekanlar.

BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqalibogʻlanishni istasangiz, telefonimiz:+44 78-58-86-00-02

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - uzbekbbclondon

bbcuzbek.comga toʻsiq boʻlsa, uzbekweb.netga kiring

Bu mavzuda batafsilroq