Fotoreportaj: Shotlandiya uzra shimol yogʻdusi

Martning ilk tunida ishqiboz astronomlar va fotosuratchilar Shotlandiya osmonida kuzatilgan shimol yogʻdusini kuzatish imokniyatiga ega boʻldilar.

BBC Oʻzbek xizmati ham oʻz mushtariylari diqqatiga 1 mart tunida Britaniya osmonida olingan eng yaxshi fotosuratlarni taqdim etishga qaror qildi.

Shimol yogʻdusi Image copyright Little Red Man
Image caption Ushbu surat Aberdinshir grafligidagi Peterxem degan joy yaqinida olingan

Martning ilk tunida ishqiboz astronomlar va fotosuratchilar Shotlandiya osmonida kuzatilgan shimol yogʻdusini kuzatish imokniyatiga ega boʻldilar.

Shotlandiya - Buyuk Britaniyadagi goʻzal va betakror shimol yogʻdusini kuzatish uchun eng yaxshi joy hisoblanadi. Shimol yogʻdusi quyosh shamolining zaryadlangan nurlarining atmosfera yuqori qatlamida nurlanishidan hosil boʻladigan tabiat hodisasidir.

1 mart tunida shimol yogʻdusini Skay orolida, Aberdinshir grafligidagi Peterxed deb nomlangan joy atrofida, Ist-Lotian grafligidagi Nort-Bervikda koʻrish mumkin boʻldi.

Shimol yogʻdusi Image copyright Skye Woody
Image caption Skay orolidagi Breykish deb nomlangan joydagi shimol yogʻdusi koʻrinishi

Lankaster Universitetidagi AuroraWatch deb nomlangan tashkilot mutaxassislarining aytishlaricha, 2017 yil shimol yogʻdusi ishqibozlari uchun ancha sokin boshlandi, lekin chorshanbadan-payshanbaga oʻtar kechasi 13 soat mobaynida yuqori geomagnit faollik kuzatilgan.

Shimol yogʻdusi Image copyright Ela Dzimitko
Image caption Chorshanba tunida shimol yogʻdusini Nort-Bervikda ham koʻrish mumkin edi

Mutaxassislar aytishicha, magnit aktivligi quyoshda yuqori tezlikdagi manfiy qutbli oqim yuzaga kelishi bilan bogʻliq ekan. Bu narsa esa Yer sayyorasida geomagnit faollikka olib keladi.

Ayrim olimlarning fikricha, kelajakda Shotlandiyada shimol yogʻdusi kam kuzatiladigan boʻlib qolishi mumkin.

Shimol yogʻdusi Image copyright Gary Chittick
Image caption Ushbu fotosurat Loxvinnox degan joyda tasvirga tushirilgan.
Shimol yogʻdusi Image copyright John W
Image caption Bishoptonning tungi osmoni.
Shimol yogʻdusi Image copyright Martin Kennedy
Image caption Mana bu surat ham Aberdinshir grafligida tasvirga tushirilgan

Fotosuratlarga tegishli barcha mualliflik huquqlari mualliflarning oʻzlariga tegishlidir.