O‘zbekistonlik ayol go‘dagini o‘ldirganlikda gumonlanmoqda

Тергов қўмитаси Image copyright Tvc.ru

Qozon shahar politsiyasi yangi tug'ilgan chaqalog'ini chiqindi idishiga tashlab yuborgan o'zbekistonlik ayolni hibsga olgan. Tergov boshqarmasining ta'kidlashicha, 28 yoshli ayol jinoyatini qisman tan olgan. U farzandni akasining uyida dunyoga keltirgan.

Tatariston tergov boshqarmasi matbuot xizmati chiqargan xabarda aytilishicha, jinoyat 2017 yilning 27 fevral kuni sodir etilgan.

"27 fevral kunduzi Qozon shahri Gabishev ko'chasidagi uy yonidagi chiqindi konteyneridan o'tkinchilar yangi tug'ilgan chaqaloqning jasadini topib olishgan", - deyiladi matbuot xizmati xabarida.

Tergov boshqarmasining bildirishicha, o'zbekistonlik ayol jinoyatini qisman tan olgan va hodisani qanday bo'lganini tushuntirib bergan.

U o'g'il farzandini tuqqanidan so'ng uni matoga o'rab, bir necha soatdan so'ng ko'chaga olib chiqqani va chiqindi konteyneri yoniga tashlab ketganganini aytib bergan.

Tergov ayolning akasi uyida yashaganligi va o'g'lini o'sha yerda dunyoga keltirganini aniqlagan.

Mahkama O'zbekiston fuqarosini hibsda saqlash jazo chorasi qo'llashga hukm chiqargan.

Ayni damda sud-tibbiy, molekulyar-genetik va ambulator psixologik-psixiatrik tashxis o'tkazish belgilangan. Jinoiy ish bo'yicha tergov davom etmoqda.

Ayolning aybi mahkama orqali tasdiqlansa Rossiya qonunlari bo'yicha 8 yildan 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin.

Rossiyada mehnat muhojirlari orasida yangi tug'ilgan chaqalog'idan qutilish uchun ularni tashlab ketish hollari uchrab turadi.

Bi-bi-si O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber da: +44 78-58-86-00-02

TЕLЕGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook- BBC UZBEK

Google+ BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio

bbcuzbek.comga to'siq bo'lsa, uzbekweb.netga kiring