AQSh vizasi bor, ammo qoʻlga olingan

Migrantlarning norozilik namoyishi Image copyright Getty Images

Qochqinlarga koʻmak Xalqaro loyihasi huquqshunoslari AQShga kirish vizalari mavjudligiga qaramasdan ushlangan afgʻonistonlik oilaning besh aʼzosini ozod etish talabi bilan petitsiya boshlaganlar.

Oʻtgan haftada Los-Anjeles aeroportiga kelib qoʻnganidan keyin afgʻonistonlik er-xotin va ularning uch farzandi ushlangan. Oila boshligʻining AQSh armiyasiga yordam bergani, shu bois ularda Amerika harbiylariga xatarli ishlarda koʻmak bergan xorijiy fuqarolarga beriladigan maxsus immigratsiya vizasi boʻlgani xabar qilingan.

Xabar berilishicha, erkak Kaliforniya shtati hisbxonalaridan biriga, rafiqasi va bolalari esa Los-Anjelesdagi mehmonxonaga joylashtirilganlar.

Santa Ana okrug sudiga yoʻllangan petitsiyada yozilishicha, Afgʻon oilasi biror bir asossiz hamda AQSh konstitutsiyasiga zad ravishda qoʻlga olingan. Oila advokatlaridan biri Talia Inlenderning soʻzlariga koʻra, maxsus immigratsiya vizasiga ega boʻlgan insonlar bilan shu paytgacha bunday hodisa hech yuz bermagan.

Prezident Donald Tramp hali saylovoldi kampaniyasi payti qudratga kelsa musulmonlarning AQShga kirishini taqiqlashga vaʼda bergan va qasamyodga keltirilganidan keyin yetti musulmon mamlakati fuqarolarining Qoʻshma Shtatlari hududiga kirishini maʼn etuvchi farmonni imzolagan. Biroq Afgʻoniston bu yetti mamlakat roʻyxatiga kiritilmagan.

Bundan tashqari AQSh federal mahkamalari Prezident Trampning ushbu taqiqlovchi farmoni joriy etilishini toʻxtatgan. Prezident Tramp maʼmuriyati esa mamlakat hududiga kirishni cheklaydigan yangi hujjatlar tayyorlayotganini maʼlum qilgan.

2 mart kuni Tibetning futbol boʻyicha ayollar terma jamoasi aʼzolariga AQSh vizasi berish soʻrovi rad etilgan.

Futbolchi ayollar Texasdagi sport musobaqasida qatnashishni rejalashtirganlar.

Sportchi ayollarning soʻzlariga koʻra, viza olish maqsadida topshirilgan arizalardagi safar maqsadi AQSh rasmiylariga maʼqul kelmagani sababidan viza soʻroviga rad javobi berilgan.

BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqalibogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - uzbekbbclondon

bbcuzbek.comga toʻsiq boʻlsa, uzbekweb.netga kiring