Video - Umri muhojirlikda oʻtayotgan oʻzbeklar

Nurali 17 yoshidan beri Rossiyada Image copyright BBCUZBEK
Image caption Nurali 17 yoshidan beri Rossiyada

Bugunga qadar Markaziy Osiyo, xususan, Oʻzbekistondan Rossiyaga ish izlab kelayotgan mehnat muhojirlari soni pasaygani yoʻq.

Videolarimizni BBC O'zbek YouTube kanalida tomosha qiling.

Moskva va Moskva viloyatining oʻzida ularning soni oʻn minglabdir.

Rossiyaga kelgach, ish va yashash uchun issiq joy topish ham mehnat muhojirining oʻz zimmasida. Ayni masalada omadi chopganlar, chopmaganlar bor.

Bir xonadonda 30 dan ortiq inson yashashi, baʼzi holatlarda esa, muhojirlar yertoʻlalarda istiqomat qilishlariga toʻgʻri kelishi ham hech kimga sir emas.

Kuzatuvchilar vaziyatni oʻnglash uchun Rossiya va mehnat muhojiri kelgan mamlakat oʻrtasida siyosiy yechimga ehtiyoj borligini taʼkidlashadi. Ammo hali hanuz bu borada koʻzga koʻrinarli qarorlar olinayotgani yoʻq.

BBCUZBEK Moskva viloyatida mehnat muhojirlari istiqomat qiluvchi yotoqxonalardan biriga borgan.

Va u yerda yashovchi migrantlar bilan uchrashgan.

Avvalo Surxondaryodan koʻp qatori Rossiyaga rizq izlab kelgan Nuralining hikoyasiga quloq tutgan.

BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber da: +44 78-58-86-00-02

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio

bbcuzbek.comga toʻsiq boʻlsa, uzbekweb.netga kiring