Mosuldagi hokimiyat binosi ishgʻol qilindi

Iroq harbiylari Mosuldagi hokimiyat binosini qaytarib oldi Image copyright Reuters

Iroq harbiylari Mosuldagi hokimiyat binosini qaytarib oldi. IShIDga qarshi janglar davom etmoqda. Hokimiyat binosining ishgʻol qilinishi aholisi zich joylashgan va hamon jangarilar nazoratida qolayotgan eski shaharga hujum qilish uchun yoʻl ochishi mumkin.

Har kuni minglab odamlar shahardan qochib chiqishga harakat qilmoqda.

Mosul IShID uchun Iroqdagi eng soʻnggi tayanch shahar boʻlib turibdi. Shaharning sharqiy qismi Iroq qoʻshinlari tomonidan yanvar oyida ishgʻol qilingandi.

Iroq harbiylari hukumat binolarini egallash uchun yarim tunda qoʻqqisdan hujum qilgan.

Hokimiyat binosi strukturasiga jiddiy zarar yetgani aytilayotgan boʻlsa-da, ushbu ishgʻol strategik va ramziy gʻalaba sifatida qabul qilinmoqda.

Harbiylar markaziy bankning Mosuldagi bosh filiali va uning yonidagi mahkama binosini ham egallashgan. Bank IShID 2014 yili shaharni bosib olganda jangarilar tomonidan talon-taroj qilingand

Reuters agentligiga koʻra, mahkama binosi IShID jangarilari tomonidan toshboʻron qilish, tomdan tashlash, qoʻllarni kesish kabi shafqatsiz jazolarni amalga oshirishda foydalanilgan.

Iroq askarlari yakshanba kuni Mosulning gʻarbiy qismiga qarshi hujumlarni qaytadan boshlagan. Noqulay ob-havo sharoiti ularni biroz toʻxtab turishga majbur qilgan edi.

Dushanba kuni harbiylar Dajla daryosi ustidagi al-Hurriya koʻprigini egallagan. Oldinroq janubdagi yana bir koʻprik ishgʻol qilngandi.

BMT IShID boshqaruvi ostida qolayotgan Mosul gʻarbida 800 ming aholi yashayotganini taxmin qiladi.

BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber da: +44 78-58-86-00-02

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio

bbcuzbek.comga toʻsiq boʻlsa, uzbekweb.netga kiring