Video - Yo oʻlasan, yo jinsingni almashtirasan

Eronlik Suxayl Turkiyada
Image caption Suxayl jinsini almashtirmaslik uchun Turkiyaga qochib oʻtgan

Eronda gey, yaʼni besoqolbozlar dorga tortiladi.

Ammo Islomiy hukumat geylarning oʻlimdan omon qolishlari uchun bitta yoʻl taklif etadi.

Yaʼni agar gey kishi oʻzining "kasalligini" ibsotlasa va shifokorlar uni gey emas, balki xasta, deb topishsa, davlat hisobidan jarrohlik oʻtkaziladi.

YouTube kanalimizdagi videolavhani tomosha qiling.

Shu asno, erkak jinsi ayolga aylantiriladi va u tirik qoladi.

Koʻpchilik oilalar buni istashmasa ham, balogʻatga yetgan oʻgʻillarini qatldan asrab qolish yoʻlida ularni jinsini oʻzgartirishga undaydilar.

Eron rasman hech kimni jinsini almashtirishga majburlamasligini aytadi.

Biroq mavjud oʻlim jazosi odamlarni bu kabi azobli va keskin qarorga majburlamoqda.

Jinsini oʻzgartirgan aksar erkaklar esa, baribir, jamiyatda oʻz oʻrinlarini topisholmaydi, hatto ishga kirishlari qiyin.

Ayrim eronliklar esa qoʻshni Turkiyaga qochib oʻtishmoqda.

BBC muxbiri Ali Hamadoniy lavhasi.

BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber da: +44 78-58-86-00-02

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio

bbcuzbek.comga toʻsiq boʻlsa, uzbekweb.netga kiring

Bu mavzuda batafsilroq