Момолар учун мактаб
Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Video - Momolar uchun maktab

Hindistonlik keksa yoshdagi ayollar ilm olishga hech qachon kech emasligini isbotlashmoqda va maxsus tashkil etilgan maktabda taʼlim olishmoqda.

Videolarimizni BBC O'ZBEK Youtube kanalida tomosha qiling.

Hindistonlik bu momolar ilm olishga hech qachon kech emasligini isbotlashmoqda.

Ular keksa yoshdagi ayollar uchun maxsus tashkil etilgan maktabda taʼlim olishadi.

Maxarashtradagi Ajibaichi Shaala maktabi Hindistonda bu turdagi ilk maktab.

60-90 yosh orasidagi tolibalar avval taʼlim olish imkoniga ega boʻlmaganlar.

Gulob Shivoji Qadar ulardan biri:

Biz oʻqish, yozish va imzo qoʻyishni oʻrganyapmiz...

Hali mustaqil oʻqish yo yozishni bilmaymiz, ammo oʻrganyapmiz. Mashgʻulotlardan zavq olamiz...

Maktabni mahalliy xayriya tashkiloti ochgan.

2001 yildan 2011 yilgacha Hindistonda savodxonlik 74 foizga oshgan.

Ammo ayollar erkaklardan bu borada ancha orqada.

2011 yildagi hisobotga koʻra, savodli erkaklar 82, ayollar esa 65 foizni tashkil etadi.

BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber da: +44 78-58-86-00-02

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio

bbcuzbek.comga toʻsiq boʻlsa, uzbekweb.netga kiring