Video - "Ayol kishi" "toʻxta" desa, nima boʻladi?

Avstraliya Image copyright CITY OF YARRA

Avstraliyada aynan 8 mart - xalqaro Xotin-qizlar kuni munosabati bilan qoʻl urilgan yangi tajriba allaqachon qizgʻin bahsu munozaralarga sabab boʻlib ulguribdi.

Tafsilotlari videolavhamizda - nazardan qochirmang.

Tashabbuskorlar esa, gender tenglikni targʻib qilish maqsadida bu gal diqqat-eʼtiborlarini svetofor yoki yoʻl chiroqlariga qaratishibdi.

Chiroqlarga libosda boʻlgan ayol kishining tasvirini joylashtirishibdi.

Shu shaklda bezak berilgan 10 ta yoʻl chirogʻini Melburn markazida oʻrnatishibdi.

Tanqidchilariga koʻra, bu - shuncha pulga tushuvchi keragi yoʻq bir tajriba.

Ammo, gʻoya tashabbuskorlariga koʻra, yangi tajribalari odamlar ongidagi gʻayrishuuriy notenglik hissini kamaytirishga yordam beradi.

Barchaning eʼtiborini gender tenglik muammosiga tortadi, uning amaliy va ijobiy yechimiga xizmat qiladi.

Jamoat joylarida xotin-qizlarni yanada koʻproq namoyon etdiradi.

Ularning umid qilishlaricha, bir kun kelib, shahar koʻchalarida erkak va ayollarni bir xil sonda aks etdirgan yoʻl chiroqlari paydo boʻladi.

Kecha seshanba kuni boshlangan tajribaning oʻzi esa, kelasi bir yil davomida sinab koʻriladi.

Tashkilotchilarga koʻra, allaqachon eski yoʻl chiroqlarini almashtirishning vaqti yetgani bois, yangichasi unchalik ham qimmatga tushmaydi.

Soʻnggi yangilikning oʻzi esa, Melburn shahar kengashi ilk bor yoʻl belgilariga masʼul qilib ayol kishini tayin etishidan bir yil oʻtib kuzatilmoqda.

BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber da: +44 78-58-86-00-02

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio

bbcuzbek.comga toʻsiq boʻlsa, uzbekweb.netga kiring