Oʻzbeklar endi Polshaga borib ishlashi mumkin

Image copyright Neweurasia.net

Polsha oʻzbekistonlik mehnat muhojirlarini qabul qilishga tayyorligini bildirgan.

Bu haqda Oʻzbekiston Mehnat vazirligi hayʼatining Polshada oʻtgan muzokaralari chogʻida maʼlum qilingan.

Uzbekistan Today nashrining xabar berishicha, oʻzbek rasmiylari Polshaning toʻqimachilik sanoati yetakchisi boʻlgan Lodzь hamda qishloq xoʻjaligi rivojlangan Lyublin viloyatlarida boʻlishgan.

Ammo hozircha oʻzbekistonlik ishchilarga ajratiladigan aniq kvotalar haqida maʼlumot yoʻq.

Polsha qonunchiligiga muvofiq xorijiy ishchilar faqat ishchi kuchi yetmayotgan sohalarga yollanadi.

Ularning ish haqi mamlakatdagi eng kam ish haqidan kam boʻlmasligi kerak.

2015 yilda ushbu Sharqiy Yevropa davlatida minimal ish haqi taqriban 420 yevroni tashkil etgan.

Polshaliklarning oʻzlari gʻarbiy Yevropa, jumladan, Britaniyada eng koʻp sonli muhojir ishchilarni tashkil etishadi.

Oʻzbekiston Janubiy Koreyaga eng koʻp ishchi kuchi eksport qiladigan davlatlardan biri sanaladi, ammo oʻzbek mehnat muhojirlari eng koʻp boʻlgan davlat Rossiyadir.

Prezident Mirziyoyevning aprel oyidagi tashrifi chogʻida mehnat muhojirligini tartibga solishga doir hujjatlarning imzolanishi kutilmoqda.

Mirziyoyev oʻz chiqishlarida xorijda ishlayotganlarni Oʻzbekistonga qaytarish haqida gapirgan, ammo anglashilishicha, gap hozircha faqat malakali kadrlar haqida bormoqda.

Tahlilichilarga koʻra, Oʻzbekistonning oʻzida millionlab ishsizlarni ish bilan taʼminlash uchun ijtimoiy-iqtisodiy sohada jiddiy islohotlar oʻtkazish kerak boʻladi.

Hukumat har yilgidek, 2017 yilda ham 1 millionga yaqin ish oʻrinlari yaratishni moʻljallagan, ammo ish haqlarining kamligi asosiy muammo hisoblanadi.

Bi-bi-si Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber da: +44 78-58-86-00-02

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook- BBC UZBEK

Google+ BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio

bbcuzbek.comga toʻsiq boʻlsa, uzbekweb.netga kiring