Videodastur - "Xoʻrlangan, tahqirlangan, oʻldirilgan..."

Zarina Image copyright COURTESY

Agar, qoʻshni Afgʻonistonda eʼlon qilingan yangi raqamlarga tayanilsa, joriy hijriy yilda afgʻon xotin-qizlariga qarshi zoʻravonlik hollari 9 foizga ortgan.

"Soʻz Sizga" dasturimizni tomosha qilish uchun mana shu linkka bosing.

Bir yilning oʻzida 234 nafar xotin-qiz oʻldirilgan. Shunda ham, bu - rasman qayd etilgan hollar boʻlgan.

Faollarga koʻra, Afgʻonistondagi xavfsizlik bilan bogʻliq mavjud vaziyat nazarda tutilganda, haqiqiy raqamlar bundan bir necha barobar koʻp boʻlishi mumkin.

Bu kabi xavotirli raqamlar esa, Afgʻoniston Mustaqil Inson haqlarini saqlash hayʼatining yangi hisobotida oʻz ifodasini topgan.

Soʻnggi oylarda shundoq ham butun Afgʻoniston boʻylab xotin-qizlarni burun, lab, quloqlarini kesib tashlash, tirboʻron va toshboʻron qilish hollari ham keskin ortgan.

Boshqa tomondan, bu kabi voqeʼlik prezident Muhammad Ashraf Gʻaniy boshchiligidagi milliy birdamlik hukumatining balandparvoz takroriy vaʼdalari, xalqaro hamjamiyatning shuncha yillik bosimi va Afgʻonistonga berayotgan milliardlab dollarlik shartli moliyaviy koʻmaklari manzarasida kuzatilgan.

Shunday ekan, bu - nima degani? Bu haftalik "Soʻz Sizga" dasturimizning maxsus soni xuddi ana shu mavzuga bagʻishlangan. Nazardan qochirmang.

BBC Oʻzbek xizmatining videolarini www.bbcuzbek.com da ham koʻrishingiz mumkin.

BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber da: +44 78-58-86-00-02

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio

bbcuzbek.comga toʻsiq boʻlsa, uzbekweb.netga kiring